$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Miya chipi orqali tajribadan o‘tayotgan ilk bemor fikr kuchi bilan yozishni o‘rgandi

Neuralink

Esingizda bo‘lsa, avvalroq Elon Muskning kelajakda odamlar telefon emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga ulanuvchi chiplar - Neuralinkdan foydalanishi haqidagi fikrlari, missiyani Nolan Arbo ismli 29 yashar imkoniyati cheklangan yigitda sinab ko‘rayotgani haqida ma’lumot bergan edik. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan dunyodagi birinchi bemor Nolan Arbo "dastur"ga fikr kuchi bilan yozishni o‘rgatayotganini aytdi.

Algoritmga saboqlar

Kecha biz “barmoq yozuvi”ni amalga oshirdik. Imo-ishora tiliga o‘xshaydigan dasturda men alifboni jestlar tilida yozaman, algoritm uni o‘rganadi, deydi tajriba ishtirokchisi. U, shuningdek, Neuralink ishlab chiquvchilari bilan birgalikda odamga “yozish”ga yordam beruvchi dasturni o‘qitayotganini ma’lum qilgan.

Bu faqat boshlanishi

Neuralink algoritmiga nima qilmoqchi bo‘lganimni o‘rgatish uchun besh-oltita belgidan boshladik. Men bir necha so‘zni fikr yordamida “yozdim”, bu juda zo‘r edi, deydi Arbo. Tajriba ishtirokchisining so‘zlariga ko‘ra, “bu faqat boshlanishi”.

Neuralink bemorlar kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarishini ta’minlashga harakat qilmoqda

Arbo yetti yil avval baxtsiz hodisada falaj bo‘lib qolgan edi. U miyasiga miya signallarini qabul qilish va uning buyruqlarini bajarish uchun mo‘ljallangan, implant o‘rnatgan birinchi odam bo‘ldi. Bemorning ko‘z harakatlarini monitorda kuzatish bo‘yicha ilgari ma’lum bo‘lgan texnologiyalardan farqli o‘laroq, Neuralink bemorlar kompyuterni tom ma’noda “fikr kuchi bilan” boshqarishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Tadqiqot ishtirokchisining so‘zlariga ko‘ra, videoo‘yinlar uning sevimli eksperiment turlaridan biri bo‘lib qolsa-da, u sinov doirasidagi barcha amaliyotlardan zavqlanadi.