$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Telefon o'rniga miya chiplari

Ilon Mask

Kelajakda odamlar mobil qurilmalardan foydalanmaydi, miya implantlari aloqa maqsadlarida qo‘llaniladi, - dedi amerikalik biznesmen Ilon Mask. Bu haqda u o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

X ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilardan biri yangi telefonni o‘z fikrlari kuchi bilan boshqarish imkonini beruvchi Neuralink interfeysini boshqa odamlar o‘rnatadimi, deb so‘radi. Ilon Mask ushbu postga izoh berib, kelajakda “telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink bo‘ladi”, deb ta’kidlagan.

Neuralink - kelajak kashfiyoti

Uning fikricha, kelajakda odamlarga mobil qurilmalar umuman kerak bo‘lmaydi. Neuralinkning yutuqlari inson-kompyuter munosabatlarida istiqbolli natijalarni va'da qilmoqda, ularning ba'zilari og'ir nogironlikka ega bo'lganlarning hayotini yaxshilash imkonini taqdim etishi mumkin. Maskka ko'ra, hatto texnologiyaning kelajagini o'zgartirib yuborishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Neuralink - Ilon Mask tomonidan asos solingan kompaniya bo‘lib, u implantatsiya qilinadigan miya-kompyuter interfeyslarini shlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Muvaffaqiyatli "tajriba quyonchasi"

 Avvalroq, Ilon Maskning Neuralink kompaniyasidan miya implantatsiyasi o‘rnatilgan birinchi bemor shaxmatni fikr kuchi bilan o‘ynash qobiliyatini namoyish qilgan edi. Baxtsiz hodisadan so‘ng falaj bo‘lib qolgan 29 yoshli Nolan Arbau noutbuk ekranida kursorni boshqarishi va shaxmat donalarini fikrlari orqali harakatga keltira olishini ko‘rsatdi. U shuningdek, Neuralinkning qanday qilib unga yangi imkoniyatlar taqdim etgani haqidagi fikr bildirarkan, "Bu judayam ajoyib. Men bu loyihada ishtirok etayotganimdan baxtiyorman. Har kuni yangi narsalarni o'rganayotganga o'xshayman. Kasalligimga qaramay, bunday qobiliyatdan bahramand bo'lish qanchalik ajoyib ekanligini ta'riflay olmayman," - deya mamnuniyatini izhor qilgan.

Neuralink 2-ko'ngillini ham sinovdan oʻtkazmoqchi

Mask yaqinda Neuralinkning ikkinchi "tajriba quyonchasi" uchun arizalarni qabul qilishini e'lon qildi. "Neuralinkda sinovdan o'tkazishga ikkinchi ishtirokchi uchun arizalar qabul qilyapmiz. Bu yangi texnika gadjetlaringizni faqat fikrlar bilan boshqarish imkonini beradi," - deydi Mask.

Kamchiliklari ham yoʻq emas

Neuralink odamlarning olqishiga sazovor bo'layotganiga qaramay, axloqiy jihatdan bir qancha kamchiliklari bor. Xususan, New York Postning xabariga ko'ra, Neuralinkning hayvonlarni parvarishlash bo'yicha sobiq mutaxassisi Lindsei Short kompaniyaga qarshi da'vo arizasi kiritib, kompaniyani hayvonlarga g'amxo'rlik qilishda yetarli himoya uskunalari bilan ta'minlamaganlikda ayblagandi. Ta’kidlanishicha, tajribalar davomida 1500 ta hayvon nobud boʻlgan.

Теги :
Jamiyat