$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 8-yanvar voqealari

Qora 8-yanvar

Toshkentga uchib kelayotgan samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

7-yanvarda Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudida samolyot bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkakka sud hukmi o‘qildi.

Holat 2024-yil 31-dekabr kuni Sochi — Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyot bortida sodir bo‘lgan. Unda 1985-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi J.E. mast holda bo‘la turib, ushbu reysda xizmat ko‘rsatayotgan Uzbekistan Airways bort kuzatuvchi qizi tanasining yonboshini bir necha marta ushlab, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Sud J.E.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybli deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Tuman tufayli Termizga parvozlar zaxira aeroportlarga yo‘naltirildi

Tuman tufayli Termiz aeroporti bir nechta reyslarni qabul qila olmadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent-Termiz (US-751) reysini amalga oshirayotgan samolyoti ob-havo yomon bo‘lgani sababli Samarqand aeroportiga jo‘natildi.

Air Samarkand aviakompaniyasining Jiddadan Termizga yo‘nalgan 9S412 reysi ekipaji samolyotni Buxoroga yo‘naltirishga qaror qildi.

“Uzbekistan Airways HY-9610 Moskva - Termiz reysi ekipaji belgilangan aeroportda kuchli tuman tufayli Samarqandga ketishga qaror qildi”, — dedi Uzbekistan Airports vakili.

Toshkent viloyatida onasi kaltaklagan 4 yoshli qiz vafot etdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida kichik yoshdagi qiz onasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda bolalar ombusdmani matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 23-dekabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga 4 yoshli qiz Y.M. tanasidagi turli jarohatlar bilan qabul qilingan. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qizni 47 yoshli onasi E.Y. qattiq kaltaklab, tan jaroxati yetkazgani aniqlangan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan qiz 7-yanvar kuni vafot etgan.

Olmaota-Toshkent-Termiz trassasi qismida harakat vaqtincha cheklandi

Qozog‘istonda qor va bo‘ron sababli 1000 dan ortiq avtomobil yo‘llarda tiqilib qoldi. 7-yanvar kuni Olmaota - Toshkent - Termiz yo‘nalishidagi harakatni cheklashga to‘g‘ri keldi. Tirbandlikda 1050 ta transport vositasi, shundan 580 tasi yuk mashinalari qolib ketdi. 45 ta ekipajli politsiya haydovchilarga ko‘maklashmoqda, 20 ta maxsus texnika esa yo‘llarni tozalash bilan band.

Qozog‘istonda nazoratchilar Shahan dovonidan 14 kishini Koltogan qishlog‘iga yetkazib qo‘yishdi, patrul xodimlari esa 10 dan ortiq mashinani qutqarishga erishdi. Haydovchilar isitish punktlariga joylashtirilmoqda.

Bundan oldin shunga o‘xshash vaziyat Qorag‘andi viloyatida ham kuzatilgandi.

Теги :
Jamiyat