$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 4-yanvar voqealari

Qora 4-yanvar

 Tuman Moskva-Namangan reysini Toshkentda qo‘nishga majbur qildi

Moskvadan Namanganga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti yo‘nalishini o‘zgartirib, Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Bunga aeroportdagi quyuq tuman sabab bo‘lib, u yerda ko‘rish 350 metrdan oshmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Ural Airlines aviakompaniyasining U 6-2771 reysi ekipaji samolyotni Toshkentga yo‘naltirishga qaror qilgan.

Motosiklini 310 km/soat tezlikda haydagan yigit javobgarlikka tortildi

Toshkentda BMW motosiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlangan yigit ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

Yigit motosiklini poytaxt ko‘chalari bo‘ylab 310 km/soat tezlikda boshqarayotganini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan.

Bu orqali o‘zi va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘yish bilan birgalikda, qoidabuzarlikni targ‘ib qilgan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−3-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan (transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 km/soatdan ortiq oshirib yuborishi BHMning 9 baravari yoki 3,37 mln. so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi).

Xonanda Baxtiyor Sultonov vafot etdi

“Bedana” qoʻshigʻi bilan qalblardan joy olgan, “Toshkent” guruhining xonandasi Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.

Bu haqda jurnalist Nasriddin Asriddinnov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Baxtiyor Sultonov shuningdek, “Dildorim”, “Doʻst”, “Bogʻ saylina galadi” va boshqa qoʻshiqlar muallifidir.

Pensiyasi no‘tog‘ri hisoblangan fuqaroga 49 mln. kompensatsiya to‘lab berildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanga murojaat qilgan fuqaro pensiya miqdori to‘g‘ri hisoblanmagani sababli o‘z huquqlarini tiklashni so‘radi. U pensiyasi 920 000 so‘m etib belgilanganini, ammo ish haqi to‘liq hisoblanmagani sababli haqiqiy miqdordan ancha kam mablag‘ olayotganini ta’kidlagan. Bu muammo bo‘yicha Zangiota tumani Pensiya bo‘limiga bir necha marotaba murojaat qilgan, ammo murojaatlar yuzaki o‘rganilib, rad etilgan.

Ombudsmanning so‘roviga ko‘ra, murojaat Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakillari ishtirokida qayta o‘rganildi. Ushbu o‘rganish davomida fuqaroning ish stajiga oid arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarning noaniq kiritilgani sababli uning oylik ish haqi ma’lumotlari pensiya hujjatiga kiritilmagani aniqlandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi xodimlari tomonidan fuqaroning pensiya ishi 2015-yil 1-avgustdan boshlab qayta hisoblandi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 59-moddasi asosida fuqaroga to‘lanmagan salkam 49 mln. so‘m kompensatsiya to‘lab berildi.

Теги :
Jamiyat