$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 22-yanvar voqealari

Qora 22-yanvar

Toshkentda advokat va yurist qo’lga tushdi

Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999-yil shaxsga nisbatan 2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Xususan u tayinlangan jazoni 4-yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSH dollaridan, jami 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi bo‘lganligi aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Surxondaryoda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida maktab direktori o‘rinbosari 9-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda. OAV xabarlariga ko’ra, jinoiy harakatlar taxminan bir yil davom etgan. 2024-yil sentabrida jabrlanuvchining ota-onasi nima bo‘layotganidan xabar topgan va darhol politsiyaga murojaat qilgan.

Direktor o‘rinbosari qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil voqeani tasdiqladi va tergov uning nazorati ostida olib borilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u tergov voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish inobatga olingan holda olib borilayotgani va ish tafsilotlari oshkor etilishi shart emasligini taʼkidladi.

Hozirda materiallar sudga topshirildi, sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi. Vakilning xabarida mazkur ish diqqat bilan kuzatilayotgani, jabrlanuvchining huquq va manfaatlari ehtiyotkorlik bilan himoya qilinayotgani alohida ta’kidlangan.

Sergelida avtomobil yondi

Toshkent shahar IIBB Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasining Sergeli tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan, yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

22-yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq ko’chasida joylashgan, Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida, avtomobil yonayotganligi to’g’risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv tehnikalari aytilgan manzilga soat 02:16 da yetib borib, yong’inni soat 02:21 da o’chirgan. Yong’in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo’q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet agentligi 23−27-yanvar kunlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlari, jumladan:

·       Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);

·       Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raldi.

Теги :
Jamiyat