$
 12904.51
-33.42
 14575.64
-89.5
 161.99
0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2025-yil 18-yanvar voqealari

Qora 18-yanvar

 Chegara hududida noqonuniy ov qilib yurganlar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9209-harbiy qism xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida noqonuniy ov qilib yurgan 3 nafar fuqaro aniqlandi. Holat Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bo’stonliq tuman bo’limi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda o‘rganildi.

O‘rganish natijasida Boʼstonliq tumani Kichiksoy MFYdagi chegara oldi hududida 3 nafar fuqaro “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun, Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi rejimi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi Nizomlarda koʻrsatilgan talablarni buzgan holda noqonuniy ov qilib yurgani ma'lum bo‘ldi. 

Holat oʼrganilganda ularning yonidan 2 ta ov quroli va ovlangan 1 dona yovvoyi cho‘chqaga tegishli go‘sht bo‘laklari topildi. Noqonuniy ov natijasida tabiatga 11 million so’mdan ziyod zarar yetkazilgan.

Holatga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tuman Jinoyat ishlari boʼyicha sudiga taqdim etildi. Ov qurollari esa Bo‘stonliq tuman Ichki ishlar bo’limiga topshirildi.

Toshkentda 18 yoshli yigit o‘zini metro tagiga tashladi

17-yanvar kuni Toshkent yerusti metrosida 18 yoshli yigit o‘zini metro tagiga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tunggi soat 22:40 larda Qo‘yliq yo‘nalishining “Turon-Do‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan elektropoyezd “Olmos” metro bekatiga kirib kelayotgan vaqtida bekat platformasida turgan 2006 yilda tugilgan yigit elektropoyezd tagiga o‘zini tashlagan.

Metro bekatida xizmat olib borayotgan naryad xodimlari tomonidan jabrlangan shaxs vagon tagidan tirik xolda olib chiqilib, shifoxonaga yuborilgan.

“Hozirda tergovga qadar tekshirish xarakatlari olib borilmokda”, deydi Hayot Shamsutdinov.

Oʻziga tegishli boʻlmagan yerni sotmoqchi boʻlgan “savdogar” qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, fuqaro I.Q. fuqaro U.N.ning ishonchiga kirib oʻziga tegishli boʻlmagan yer maydonini sotmoqchi boʻlgan.

Xabarga koʻra, fuqaro I.Q. fuqaro U.N.ga Xatirchi tumani, “Tamabaxrin” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydoni oʻziga tegishli ekanligini aytgan hamda ushbu yerni uning nomiga oʻtkazib berish evaziga 360 mln soʻm soʻragan.

Qonunbuzar aytilgan pulni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.O. fuqaro S.Q.dan 4 000 AQSH dollarini 51,7 mln. so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 586 AQSH dollari, 14 750 Rossiya rubli, 4 770 Qirg‘iz somi va 74,8 mln. so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.A. fuqaro M.X.ga 4 000 AQSH dollarini 52 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Теги :
Jamiyat