$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 17-yanvar voqealari

Qora dayjest 17-yanvar

17 yoshli avtomobil boshqaruvchisi nazoratni yo’qotishi natijasi YTHga uchragan

Toshkent shahar IIBB YHXB ning xabar berishicha, bugun tungi soat 01:30 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko’chasi ko’prik ustida “Lacetti “, “HOWO yuk transport vositasi” va “Lacetti” avtomashinalari ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

Avtomobil boshqaruvchilaridan biri haydovchilik guvohnomasi mavjud bo’lmagan 17 yoshli voyaga yetmagan bola bo’lgan. Tezlikni oshirish natijasida nazoratni yo’qotish YTHga sabab bo’lgan deyilmoqda xabarlarda. Hodisa natijasida tan jarohat olganlar yo’q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hokim yordamchisi 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uchtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birining “Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha” hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 m2 yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat Kodeksining 167, 168, 205 va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan shaxs hisoblanadi.

Bir kunda 2 ta jinoyat sodir etgan shaxs 5 yilga qamaldi

2005-yilda tug‘ilgan M.A Bektemir tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z tanishi uning “Redmi Note 11 PRO” telefonini o’g’irlab ketganini ma’lum qiladi.

Xabarga ko’ra, u 2023-yilning 18-aprel kuni tanishi 1990-yilda tug‘ilgan S.D.ni uchratib qoladi. Bir oz suhbatlashib turgach, S.D. uning qo‘lidagi telefonini ko‘rib, qo‘ng‘iroq qilish uchun so‘raydi va M.A.ning qo‘liga 30 000 so‘m berib, yaqinroqdagi do‘kondan yaxna ichimlik olib kelishga yuboradi. M.A do‘kondan qaytgach, uni topa olmaydi.

Xuddi shu kunning o‘zida soat 20.00 larga yaqin S.D. tumandagi Toshkent yo‘li ko‘chasida X.B. tomonidan qarovsiz qoldirilgan elektroskuterdan “Redmi Note 9” telefonini o‘g‘irlab voqea joyidan yashirinadi.

Jabrlanuvchilar IIOga tezkorlik bilan murojaat qilishi natijasida S.D. uyali telefonlarni sotayotgan vaqtida dalillar bilan qo‘lga olingan. Muqaddam o‘g‘irlik jinoyati sodir qilib sudlangan S.D. qilmishlarini tan olgan.

MCHJ rahbari 186,8 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumanida MCHJ rahbari MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 186,8 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Andijonda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Ma’lum bo‘lishcha, 2025 yil 8-yanvar kuni soat 21:35 larda Andijon viloyati Marhamat tumani “Alitepa” MFY hududidan o‘tuvchi D-140 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida haydovchi 26 yoshli B.K. “Spark” avtomobilida katta tezlikda harakatlangan va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Mazkur YTH oqibatida haydovchi va 25 yoshli yo‘lovchi vafot etgan va bir yo‘lovchi tan jarohati olganlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Теги :
Jamiyat