$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 15-yanvar voqealari

negative-25-1-15

Toshkent viloyatida 486,14 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi topshirig‘i bilan tezkor ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “O‘rtachirchiqtumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida o‘tkazildi. Tumanning “Xalqobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.U. o‘z xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab o‘tib, ijro-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan va “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalangan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, 486,14 million so‘mlik zarar aniqlandi. Voqea bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Krasnoyarsk aeroportida O‘zbekiston fuqarosi spirtli ichimlik ichib, pichoqbozlik sodir etdi

Bugun, 14-yanvar kuni Sibir transport politsiyasi Krasnoyarsk o‘lkasi aeroportida pichoqbozlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarosini so‘roq qilinayotgan videoni e’lon qildi. So‘roq paytida erkak o‘zining xatti-harakatlarini aniq tushuntira olmagan, faqat hujumdan oldin ancha spirtli ichimlik ichganini eslatib o‘tdi. Voqea yuz bergan muassasa xodimining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi avval barmenga pichoq bilan hujum qilgan, keyin bar peshtaxtasi ustidan sakrab o‘tib, boshqa erkakni ro‘yxatga olish ustunlari tomon quvib ketgan. Hibsga olingan shaxsning aytishicha, u 11-yanvar kuni Krasnoyarskka kelgan va tez orada uyiga qaytishni rejalashtirgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik spirtli ichimlikdan zaharlanib halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etdi. Ularning yaqin qarindoshlari 14-yanvar kuni bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxonaga xabar berdi. Aniqlanishicha, ichimliklar shaharning Aksaray tumanida sotib olingan. Vafot etgan fuqarolar asosan 35−40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ularning barchasida voyaga yetmagan farzandlari bor edi, ta’kidladi konsulxona.

Instabloger “Jasjan” 5 sutkaga qamaldi

Instagram’da “Jasjan” nomi bilan tanilgan Jasur Shodiyev Toshkent shahridagi bog‘larning birida o‘tkinchi qiz bilan mojaro chiqarib, uni videotasvirga olgani uchun jazolandi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, voqea joriy yilning 13 yanvar kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent City bog‘ida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan Jasur Shodiyev 2005 yilda tug‘ilgan S.S. bilan jamoat joyida janjal chiqargan. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holat bloger va uning tanishi S.S. tomonidan o‘zaro sahnalashtirilgani va ijtimoiy tarmoqda joylashtirish uchun videoga olingani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan. Sud blogerga 5 sutka ma’muriy qamoq, uning sherigiga esa BHMning 1 baravari miqdorida ma’muriy jarima jazosi tayinladi.

Теги :
Jamiyat