$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 14-yanvar voqealari

Qora 14-yanvar

 Ba’zi fuqarolar haydovchilik guvohnomasini va’da qilib qo‘lgan tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, G‘ozg‘on shahrida fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday voqea Kattaqo‘rg‘on shahrida ham bo’lib, fuqaro haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

11-yanvar kuni O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatlarini sodir etib Turkiyada yashirinib yurgan shaxs O‘zbekistonga yuborildi, deb xabar bermoqda Istanbuldagi bosh konsulxona.

Turkiya va O‘zbekiston IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbul shahrida qo‘lga olingan I.U. (1969-y.t.) O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2015-yildan buyon avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.

Ushbu shaxsning hatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

Buxoroda yer qimirladi

O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 14.01.2025 05:43 da (14.01.2025 yil, Grinvich bo‘yicha 00:43 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Epitsentr: Buxoro viloyati, Qorakol tumani. Zilzila koordinatalari: 40,28 gradus shimoliy kenglik; 63,07 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

·      Peshko‘ tumanida 2 ball, 44 km.

·      Qorakol tumanida 2 ball, 56 km.

Samarqandda qo‘lbola spirtli ichimlik sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Samarqandda 5 kishi zaharlanib, vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik mahsulotlarini sotgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi ( Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiyda 30 gektar yer maydonini 350 mln. so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Navoiy viloyati MCHJ rahbari korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini boshqa fuqaroga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln. so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda xususiy korxonasi rahbari Jarqo‘rg‘on tumani, “Mehnat rohat” MFY hududidagi savdo do‘konidan xaridorga kirim hujjati mavjud bo‘lmagan alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘konda savdoga qo‘yilgan umumiy bahosi 66,2 mln so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi jami 1 542 dona alkogol va 354 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat