$
 12972.08
15.08
 13223.74
-121.97
 126.61
-1.16
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 12-yanvar voqealari

Qora 13-yanvar

Jizzaxda erkak kulvor ilonni tiriklay yedi

Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida video tarqaldi. Ushbu ish yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida ushbu holat fuqaro Q.H. tomonidan sodir etilganligi ma’lum boʻlgan.

Fuqaro bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 4,30,51,53-moddalari talablarini buzgan.

Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln.) miqdorida jarima jazosi qo’llanilgan va 1 125 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Samarqandda bir necha kishi zaharlanishdan vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 13 kishi qoʻlbola aroq tufayli zaharlangani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Bunga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov munosabat bildirgan.

Dastlabki berilgan maʼlumotlarga koʻra, 11-yanvar kuni Samarqand shahrida 5 kishi zaharlanishdan vafot etgan. Marhumlar shaharning Nurafshon mahallasida yashovchi 63 yoshli A.M., 50 yoshli J.B., Shukrona mahallasida yashovchi 72 yoshli V.B., 56 yoshli A.U. hamda Madaniyat mahallasida yashovchi 39 yoshli O.T.lar boʻlishgan.

Zaharlanganlarning 4 nafari oʻz yashash xonadonida, yana biri esa shifoxonada vafot etgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumlarning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot Qozonga qo‘nishga majbur bo‘ldi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyoti 26 yoshli yo‘lovchi bilan yuz bergan hodisa tufayli Qozonga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda SHOT.

Erkak bortda spirtli ichimlik ichib, boshqa yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining izohlariga e’tibor bermay, janjal keltirib chiqargan. Xavfsizligini taʼminlash maqsadida u bogʻlab qoʻyilgan, shundan soʻng Boeing 787 samolyoti bugun soat 06:10 da zudlik bilan Qozonga qoʻngan va uzoq parvozni vaqtincha toʻxtatgan.

Qoidabuzar reysdan chetlashtirilib, politsiyaga topshirilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Kechikishdan so‘ng samolyot safarini davom ettirdi va Toshkentga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Toshkentda go‘zallik salonida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, 13 dekabr kuni soat 13:53 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan go‘zallik saloni tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:02 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:10 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Теги :
Jamiyat