$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 12-yanvar voqealari

Qora 12-yanvar

Noqonuniy valyuta ayboshlab kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Jalaquduq va Shahrixon tumanilarida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan. Ular jami 3 800 AQSH dollarini 49,4 mln so‘mga, boshqa bir fuqaroga 3 700 AQSH dollarini 48,5 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Jondor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro 3 200 AQSH dollarini 41,1 mln. so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Moskvaga yoʻnaltirildi

Uzbekistan Airwaysʼning Toshkent—Sankt-Peterburg reysi noqulay ob-havo sabab Moskva aeroportiga qoʻndi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” Telegram kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent — Sankt-Peterburg yoʻnalishi boʻyicha uchgan reysi Moskvadagi Vnukovo (VKO) zaxira aeroportiga yoʻnaltirildi.

Ekipaj noqulay ob-havo sharoiti va Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportining qor bilan qoplanib, vaqtincha yopilishi sababli zaxira aeroportga qoʻnish haqida qaror qabul qilgan.

Qashqadaryoda oʻquvchi maktabga mashina minib keldi

Oʻquvchi shahardagi 41-maktabga Gentra mashinasini minib kelgan va shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimlari eʼtiboriga tushgan.

Hodimlar hodisa joyiga IIB YHXB xodimlarini chaqirgan. YPX xodimlari kelib surishtiruv oʻtkazganida Gentraʻni maktab oʻquvchisi minib kelgani va unda mashina boshqarish uchun hech qanday hujjat yoʻqligi aniqlandi.

YPX xodimlari holat yuzasidan maʼmuriy bayonoma rasmiylashtirayotganda qoidabuzar oʻquvchining akasi kelib, mashinani ukasi emas, oʻzi boshqarganini aytadi va janjal koʻtaradi.

Biroq atrofdagi kuzatuv kameralaridagi lavhalar tekshirib koʻrilganda mashinani aynan maktab oʻquvchisi boshqargani aniqlanadi.

Shundan soʻng holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilgan.

Toshkentning qator ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bugun – 12 yanvar kuni soat 15:30 da Amir Temur xiyoboni bo‘ylab otliq kavaleriya bo‘linmalari ishtirokida “Otlar paradi” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Shu munosabat bilan poytaxtning Istiqlol-Mahtumquli ko‘chalari kesishgan chorrahasi, Istiqbol-Amir Temur ko‘chalari kesishmasi, Matbuotchilar – Amir Temur ko‘chalari kesishmasi, Mustaqillik shoh-Amir Temir, Istiqlol-Amir Temur ko‘chalari kesishmalari hamda Amir Temur aylanma harakatida soat 15:00 dan soat 17:00 gacha transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Samarqandda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 5 kishi zaharlandi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni noqonuniy kavlab olayotgan 5 kishi zaharlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 9-yanvar kuni soat 20:00 larda Paxtachi tumani “Guliston” mahallasida yashovchi besh kishi — J.S., O‘.E., S.N., Yu.A. va E.B. Paxtachi tumani “Qarnabota” MFY hududida joylashgan “Qoraqo‘ton” tog‘ koniga qarashli mahalliy til bilan “Nayman chuqqi” shaxtasiga tushib, generator va boshqa uskunalar yordamida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kavlab olayotganida generatordan chiqqan is gazidan zaharlangan.

Oqibatda ularning ikki nafari — J.S. va O‘.E. shaxta ichi pastki qismiga yiqilib, shaxta devori toshlariga urilib voqea joyida vafot etgan. Qolgan fuqarolar is gazidan zaharlanish bilan 10-yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

Теги :
Jamiyat