$
 12603.52
25.31
 14676.80
43.31
 160.94
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 23-avgust voqealari

Qora 23-avgust

Xorazmdan Toshkentga yashirincha olib kelingan 9 tonna spirt aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Hazorasp tumanida yashovchi fuqarolar Q.Yu. va D.O. Toshkent shahrida yashovchi T.X. bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida 1 801 dona yelim idishga “Gigiyenicheskiy antisepticheskiy rastvor” yozuvli etiketkalarni yelimlab, umumiy bahosi 306,1 mln so‘mlik jami 9 tonna etil spirtini Toshkent shahridan olib kelganliklari aniqlangan.

Shuningdek, fuqarolar D.O. va Q.Yu. o‘zaro til biriktirib, Hazorasp tumani, “Beshta” mahallasi hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, ushbu etil spirtidan “Karatau” va “Cavali Vodka” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qalbaki aksiz markalarni tayyorlaganliklari aniqlanib, 30 ming dona qalbaki aksiz marka, kompyuter texnikasi, 3 ta rangli printer, 9 tonna etil spirti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Katta miqdorda elektr energiyasi o‘g‘rilagan Pop tumani hokimining o‘g‘li qamoqdan ozod qilindi

Uychi tumanidagi “Jiydakapa baraka chorva” fermer xo‘jaligiga qarashli chorvachilik kompleksini va sutni qayta ishlash syexini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 200 326 500 so‘mlik elektrni talon-toroj qilganlikda ayblanib, ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan Pop tumani hokimining o‘g‘li sud zalidan ozod qilingan.

Daryo’ning yozishicha, Namangan viloyat sudi apellyasiya instansiyasi hokim o‘g‘lini ozodlikdan mahrum qilish jazosini uch yil muddatga ozodlikni cheklashga o‘zgartirib, mahkumni sud zalidan ozod etgan.

Qayd etish kerak, hukmda yetkazilgan zarar qoplangani haqida ma’lumot ham mavjud.

Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi

Sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 29-may kuni “diniy muhitni sog‘lomlashtirish” bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda, Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” hududida “shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda soqol o‘stirib yurgan” 22 yoshli fuqaro aniqlangan.

Joriy yil 13-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ochiq sud majlisida sudya S.Rasulov – fuqaroni aybdor deb topib, soqol o‘stirib yurishni MJtKning 184-4-moddasi bilan to‘g‘ri malakalangan deb hisoblagan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro S.T. MJtKning 184-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va shu modda bilan BHMning besh baravari miqdorida (1,7 mln. so‘m) jarimaga tortilgan.

Tadbirkorning 11,7 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan “S.G.” MCHJ QK ta’sischisining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.G.” MCHJ QK sobiq rahbari N.K. korxona ombor mudirlari va kassiri A.A. bilan o‘zaro til biriktirib, korxonaning 820,8 tonna gilos mahsulotini naqd pulga sotib, jami 11,7 mlrd. so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat