$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 22-avgust voqealari

Qora 22-avgust

 Suriyada jang qilayotgan namanganlik shaxs qidirilmoqda

31 yoshli Jo‘rayev Abdulbosit Abdurahmon o‘g‘li (laqabi Ammor) qidirilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Unga nisbatan 2020 yilda Namangan viloyati IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 155²-moddasi 2-qismi, 159-moddasi 1-qismi, 244²-modda 3-qismi, 244²-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U yashash manzilida bo‘lgan davrda diniy ekstremizm tarafdorlari bilan birga bo‘lgan va javobgarlikdan qochib Qozog‘iston orqali Suriyaga borgan.

Suriyada u xalqaro terroristik guruhga qo‘shilgan. Hozirda u tashkilotda jangovar harakatlarni olib bormoqda.

Toshkentda metroda qizning belidan past qismini ushlagan erkak qamaldi

2024-yil avgust oyining 21-kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi o‘z binosida 1980-yilda tug‘ilgan M.T.ga nisbatan jazo tayinlandi.

Cud hujjatlariga ko‘ra, 26-iyul kuni M.T. “Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida bir qizning belidan past qismini ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan.

Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z aybiga iqrorligini,“Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida Z.Saidovani belidan past qismiga qo‘li ketib qolganligi, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganligi, qilmishining oqibatlarini to‘liq tushunib yetganligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigit MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga ushbu moddaga asosan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkentda xonadonida nasha yetishtirib kelgan shaxslar qo‘lga olindi

Jumladan, shunday holatlarning birida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxsning yashash xonadonida 6 tup nasha giyohvandlik vositasini yetishtirib, parvarishlab kelgani aniqlangan. Bundan tashqari, alohida joy hozirlanib, giyohvandlik vositalarini o‘sishiga sharoit yaratilgan.

Shuningdek, yana bir holatda o‘z xonadonida 21 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirib kelayotgan shaxs ushlangan. Uning xonadonidan 1 kgga yaqin quritish uchun olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari topilgan.

Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi Baliqchi tumani hokimligi zahirasida bo‘lgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019 yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlangan.

Ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan hamda hokim o‘rinbosari 30 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi

2008-yilda tug‘ilgan yigit oldin ham bezorilik jinoyatini sodir etgan. U takroran jinoiy sheriklari bilan bezorilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

2024-yil 27-may kuni soat 22:50 da u jinoiy sheriklari bilan Denovdagi savdo do‘konlaridan birining oldida birovlar bilan janjallashgan. Janjal paytida gumonlanuvchi. va uning sheriklari tosh hamda tayoqlar bilan birovlarni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, ular janjalning oldini olmoqchi bo‘lganlarga ham qarshilik ko‘rsatgan.

O‘smir Denov tuman IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasi orqali etap qilinib, Termiz shahridagi 9-son tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Xorijlik fuqaro xalqaro aeroportida O‘zbekistonga pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

21 avgust kuni soat 21:05 larda Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosining sumkasi tekshirilgan. Uning sumkasida 1 dona pnevmatik qurol va 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlandi.

Теги :
Jamiyat