$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 21-avgust voqealari

Qora 21-avgust

 Qashqadaryoda gaz quvuridan gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatidagi gaz quvuridan gaz sizib chiqib, yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Energetika vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:35 da Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi “Shirinobod” konidagi (“Epsilon” XKga qarashli) quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqish holati oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

“Hozirgi vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, ta’mirlash ishlariga kirishilgan. Voqea sababli jarohatlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, - deyiladi xabarda.

Damas yutib olish 5 640 000 ga tushdi

Namangan viloyatida yashovchi ayol R.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 5 640 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi O.X. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, O.X., jabrlanuvchi ayol R.N.ga telegram messenjeridagi kanal orqali yozib, u “Damas” avtomashinasini yutib olganligini ma’lum qilib, xarajatlar uchun deb uni aldab, jami 5.640.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Amerikada 16 yoshli o‘zbekistonlik yigitni fura bosib ketdi

Bruklinda yashovchi Umidjon Jo‘rayev 2 do‘sti bilan skuterda yuk mashinasiga to‘qnashib ketgan. U voqea joyida vafot etgan. Yana bir yigit jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan, yana biri esa yengil jarohat olgan.

48 yoshli haydovchisi so‘roq qilingan. Lekin hech kim hibsga olinmagan va haydovchiga hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

48 mln. so‘mlik 4000 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan “Vodil-Yozyovon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina Yozyovon tumani hududida to‘xtab boshqa fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinaga o‘zining avtomashinasidagi tovar-moddiy boyliklarini ortayotgan vaqtida tomonidan to‘xtatib qolindi.

Shundan so‘ng, mazkur avtotransport vositalaridagi tovarlar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari va aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ekanligi ma’lum bo‘lgan. 8 ta sellofan paketlarga joylangan 4000 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlarining dastlabki umumiy qiymati 48 mln. so‘mni tashkil etmoqda.

Farg’onada erkak onasining barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashladi

Joriy yil 30-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Toshloq tuman sudida onasining barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashlagan ayblanuvchi N.I.ga oid sud ishi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo’lishicha, joriy yilning 7-iyun kuni N.I. soat 08:00 atrofida o‘zi yashab kelayotgan Toshloq tumanidagi uyida onasi R.I. bilan o‘zaro o‘rtalarida yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida janjallashib ketgan. Janjal davomida o‘g‘il onasini xonadonida mavjud bo‘lgan sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyo tok qaychi bilan ikkala qo‘llari 1,5 barmoqlarini barmoq kaft bo‘g‘imlari asosiy falangasidan o‘ta shafqatsizlik bilan kesib tashlab, hodisa joyidan qochib ketgan.

Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Gʻ.Ch. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetlardan birida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Теги :
Jamiyat