$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-avgust voqealari

Qora 19-avgust

Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlangani aniqlandi

Jizzaxning Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ommaviy zaharlandi.

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2-avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020-yilda tug‘ilgan) va S.T. (qiz bola, 2019-yilda tug‘ilgan)ning tana harorati ko‘tarilgan. Ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilganda, bolalar ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokorlarning kuzatuviga olinib, zarur muolajalar olgan. Ularga sog‘ligidan shikoyat aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.

Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7 200 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, X.A.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat kodeksining bir qator moddalari, jumladan, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi moddalar bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonovga sud hukmi o‘qildi.

Sud Saidahmad Sultonovni 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, unga 7 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Toshkent tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. tumandagi “A.Navoiy” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida 3 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat