$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 18-avgust voqealari

negative-24-8-18

Kino olish uchun 20 ming dollarlik ruxsat 

DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini go‘yoki “O‘zbekfilm”da mas’ul lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan ko‘p qismli serialni suratga olish uchun Kinematografiya agentligi huzuridagi badiiy kengashda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Prava”ni pullagan shaxslar

Xorazm viloyati Bog‘ot tumani va Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 dollar va 1,2 mln. so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fransuz aktyori Alen Delon vafot etdi

Alen Faben, Annushka, Entoni, shuningdek Lubo [uning iti] ulkan anduh bilan o‘z otasi ketgani haqida ma’lum qiladi. U Dushidagi o‘z uyida, o‘zining uch farzandi qurshovida qiynalmasdan abadiy uyquga ketdi. AFP internet nashri Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delonning 88 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda nashrga uning farzandlari ma’lum qilgan. Alen Delon 1935-yil 8-noyabrda Parij chekkasida tug‘ilgan. U 80 ga yaqin filmlarda rollarni ijro etgan. 

Sel-suv toshqini xavfi

O‘zgidromet agentligi xabar qilishicha, 18-19-avgust kunlari Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli sel-suv toshqini xavfi kutilmoqda. 

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Теги :
Jamiyat