$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-avgust voqealari

Qora 17-avgust

 Toshkentda istiqomat qiluvchi fuqarolar ogohlantirildi

Bugun Toshkent shahrida kuchli shamol bo‘lishi kuzatilmoqda. Shu sababli Toshkent Shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.

“Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, – deb yozmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Serial uchun ruxsat olib berish evaziga 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

DXX xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini go‘yoki “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasida mas’ul lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan ko‘p qismli serialni suratga olish uchun Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Xorazm va Jizzaxda “pravafurush”lar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga o‘zini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MChJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga «V.S.» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Firibgarlik kredit bo‘lib chiqdi

Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.N. murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum sabablarga ko‘ra 795.000 so‘m pul mablag‘lari yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, S.N.ning pul mablag‘lari oylik maishiy texnika kredit to‘lovlarini vaqtida amalga oshirmaganligi sababli o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasidan 795.000 so‘m miqdoridagi pullar bank tomonidan yechib olinganligi aniqlandi.

Теги :
Jamiyat