$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2024-yil 9-iyul voqealari

Qora 9-iyul

 Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

Kecha, 8-iyul kuni soat 10:30larda, Farg‘ona viloyati Quva tumani “Soyguzar” M.F.Y hududidan o‘tgan, 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 200-km.da odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi Vaz-2101 avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. YTH oqibatida “Vaz-2101” rusumli avtomobil haydovchisi A.X og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, “Vaz-2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 1989-yilda tug‘ilgan A.D va “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi R.O tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Bir kun oldin yo‘qolib qolgan bolakayning jasadi quduqdan topildi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 6 yoshli A.A. ning kecha, 8-iyul kuni yo‘qolib qolgani va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda UzAlert ko‘ngillilari qidirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Bugun ertalab bolakayning jasadi otasi ishlaydigan sex hovlisidagi chiqindi suv quvuriga o‘rnatilgan quduq (lyuk) ichidan topildi.

Kechadan buyon bolakayni qidirayotgan jamoatchilik uni tirik holida topishga umid qilayotgan edi.

“Bu holat shahar va uning tashqarisida, sexlar va yashil maydonlarda xavfsizlik choralariga rioya qilish va lyuklarni, o‘yiqlarni hamda xandaqlarni yopish qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda. Ochiq lyuklar halokatli oqibatlarga olib keladi. Ularni ta’mirlash, qopqoqlarini yopiq holida saqlash keyingi fojialarning oldini olishda muhim. Birgina 2023-2024-yillarda ochiq lyuklar tufayli 3 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Bu raqamlar faqat ma’lum bo‘lganlaridir”, – deyladi UzAlert xabarida.

Mast fuqaro YPX xodimini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

8-iyul, dushanba kuni soat 19:00 larda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tuman IIB JXX YHXB katta inspektori E.P tomonidan haydovchi S.B. boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda fuqaro S.B. qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, katta inspektor E.P.ning qorin sohasiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan katta inspektor E.P. Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida vafot etgan.

Holat yuzasidan 9-iyul kuni Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Ko‘kdala tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik sudlandi

1998-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yo‘ldoshev Shavkat Rossiyaning “Vagner” xususiy armiyasi tarkibida olti oy muddatga harbiy xizmatda qatnashgani uchun sudlangan.

Yo‘ldoshev Rossiyaga mavsumiy ishchi sifatida pul topish uchun ketgan. Dastlab u qurilishda ishlagan, biroq keyinchalik giyohvand moddalar savdosi uchun hibsga olingan va Rossiya qonunchiligiga ko‘ra 7 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qamoqxonada Yo‘ldoshevga “Vagner” tarkibida yollanma askar bo‘lishni taklif qilishdi. U rozi bo‘ldi va Ukrainaga jangga jo‘nadi. 2022-yildan 2023-yilgacha olti oy davomida frontda bo‘lib, “Jasorati uchun” medali bilan ham taqdirlangan.

Shavkat Yo‘ldoshev O‘zbekistonga qaytgach, yollanma jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ohangaron shahar sudi uni daromadining 20 foizi ushlab qolingan holda 2 yil 6 oy muddatga majburiy mehnatga hukm qildi.

Toshkentda bir nechta shaxslar bir fuqaroni kaltaklashdi

Toshkentda bir nechta shaxslar bir fuqaroni urayotganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1-iyul kuni taxminan soat 20:25 atrofida Yunusobod tumani Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988-yilda tug‘ilgan N.T., 1993-yilda tug‘ilgan S.Q., 1987-yilda tug‘ilgan D.Q., 1995-yilda tug‘ilgan H.Q., 1994-yilda tug‘ilgan J.I., 1997-yilda tug‘ilgan Sh.O.lar maosh masalasida og‘zaki janjallashgan.

Fuqarolar S.Q., D.Q,, H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib, tan jarohati yetkazishgan. So‘ng N.T.ni o‘zlari kelgan avtomashinada uyi oldiga olib borishgan. Jabrlanuvchi N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Andijonda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 10 yoshli qizni mashina urib yubordi

Andijon shahrida 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizni urib yubordi. Andijon viloyati YHXB sodir etilgan mazkur YTH yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 8-iyul kuni Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan A.X. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan 2014-yilda tug‘ilgan T.S.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida qizaloq tan jarohatlari olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat