$
 12618.26
14.54
 13675.67
29.62
 142.90
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 5-iyul voqealari

Qora 5-iyul

Bojxona postida salkam 8 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postining “kirish” avtopaviloniga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Avtotransport ko‘zdan kechirilishi davomida kabinaning xufiya joyiga sariq rangli skotch bilan o‘ralgan 7 ta o‘ram yashirilganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu o‘ramlar ochib ko‘rilganida ularning 3 tasining ichida jami 3 kg og‘irlikdagi “opiy” qolgan 4 ta o‘ramda esa jami 4 kg 950 gr og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.

Spark ikki nafar piyodani urib yubordi

Joriy yilning 4-iyul kuni soat 22:30 larda Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish ko’chasida haydovchi 1995-yilda tug’ilgan B.X. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodalar tan jarohat olib shifoxonaga murojaat qilishgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi

Kecha, 4-iyul kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida IIB xodimlari va haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi.

Haydovchi yo‘lning harakatlanish mumkin bo‘lmagan qismida mashina boshqargani nizoga sabab bo‘lgan. Janjal asnosida IIB xodimlari haydovchiga elektroshoker qo‘llagan va xizmat xonasiga olib borgan. Lekin bu xonadan fuqaro hushsiz holda, zambilda olib chiqilgan: uni tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan.

5-iyul kunning birinchi yarmi holatiga, fuqaro haligacha o‘ziga kelmagan.

Hokimlikka tegishli BYD Spark bilan to‘qnashdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri BYD Song Plus va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati IIB YHXB hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 4-iyul kuni soat taxminan 7:53 larda Qarshi shahri “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-92 davlat ahamiyatdagi “Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Jyeynov-Pomuq” avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi o‘z boshqaruvidagi Spark mashinasida orqaga burilayotganida haydovchi X.L. boshqaruvidagi BYD Song Plus yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashuv yuz bergan. Spark qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia bilan ham to‘qnashgan.

YTH oqibatda Spark haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, lekin shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. BYD Song Plus mashinasi haydovchisining ahvoli esa yaxshi ekani aytilmoqda.

Теги :
Жамият