$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 23-iyul voqealari

Qora 23-iyul

Toshkentda 22 yoshli shaxs katta miqdordagi narkotik bilan qo‘lga tushdi

Joriy yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro A.T. avtomashinasida vazni 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, 22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaksiz manzil orqali sotishni rejalashtirgan.

Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 23-iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan.

Qayd etilishicha, ko‘p qavatli yangi qurilayotgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan yong‘in soat 12:56 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakatlari tufayli yong‘inning kengayib ketishi oldi olindi va qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Asosiy binoga zarar yetmagan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Toshkentda yana bir qiz viloyatliklarni haqorat qilgani uchun 10 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi 19 yoshli qiz 20-iyul kuni Instagram sahifasida obunachilari bilan jonli muloqot qilayotgan vaqtida viloyatliklarni haqorat qilgan. Tasvirlarda u o‘ziga yozilgan izohlarga javoban behayo, uyatsiz so‘zlar bilan viloyatlarda yashovchilarning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan. Qizning ushbu harakatlari ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan qizga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari bo‘yicha tahsil olganligi to‘g‘risida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Professor Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonida o‘ldirib ketildi

Tarmoqlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 73 yoshli sotsiolog olim va professor Abdulaxat Qahhorov o‘z uyida qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, 18-iyul kuni soat 22:00 atrofida uning qo‘shnilari “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Abdulaxat Qahhorovning uyida shovqin ovozi eshitilayotgani to‘g‘risida xabar bergan. Shu bo‘yicha tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borgan.

Xodimlar xonadonga kirishganida balkon qismida professor tanasining turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan vafot etgani aniqlangan.

Holat yuzasidan 19-iyul kuni Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Sodir etilgan jinoyat sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat