$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 21-iyul voqealari

Qora 21-iyul

Tadbirkorning 3,9 mlrd. so‘mlik yoqilg‘isini qo‘lga kiritgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” MCHJ rahbari D.Yu. (muqaddam sudlangan) “F.” MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga asosan jami 3,9 mlrd. so‘mlik A-95 markadagi benzin yoqilg‘isini qabul qilib olib, ushbu mahsulotlarning sotuvidan tushgan mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Buxoroda ikki korxona 585 mln. so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Buxoro shahri va Qorovulbozor tumanida 585,5 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Unga ko‘ra, departamentning Buxoro shahar bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. “B.B.” MCHJ rahbari B.I. va boshqalar Sanoatchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etishda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 433,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Qorovulbozor tuman bo‘limi va tuman ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “H.A.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan fuqaro Sh.H. suv resurslarini ko‘p talab qiladigan maydondagi ekinlarni sug‘orish uchun o‘rnatilgan elektr hisoblagich sxemasini o‘zgartirib, jami 152 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Sirdaryoda do‘kon sotuvchisi QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahrida 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va IIB tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga fuqaro D.J. (ayol) murojaat qilgan. U murojaatida, 2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Guliston shahridagi do‘kondan narsa xarid qilib, QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.I. fuqaro F.O.ga jami 4 000 AQSH dollarini 50,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, 4 000 AQSH dollari va 18,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.K. fuqaro M.X.ga jami 2 900 AQSH dollarini 36,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Теги :
Jamiyat