$
 12760.21
54.42
 14704.87
0.46
 160.08
0.88
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2024-yil 18-iyul voqealari

Qora 18-iyul

47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi

Andijon viloyatida 47 ta g‘alla maydoniga o‘t qo‘ygan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirida ogohlantirishlarga qaramay Izboskan tumanidagi g‘alladan bo‘shagan 47 ta maydon yoqib yuborilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan 35 nafar huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 34 million so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Shofirkon tumanida 11 000 AQSh dollariga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida ichida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Damas avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16-iyul kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Avtomashina ichida bo‘lgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularda tan jarohatlari aniqlanmagach, uylariga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning umumiy ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida tegishli mas’ullarga xizmat tekshiruvi va hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” fermer xo‘jaligi rahbari B.B. mustaqil baholovchi “E.B.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, hududiy tijorat banki filiali bilan tomchilatib sug‘orish uskunalarini sotib olish uchun kredit shartnomasi tuzib, kredit ta’minoti sifatida taqdim etilgan mulklarning bozor qiymatini sun’iy oshirib ko‘rsatib, jami 450 mln so‘m kredit mablag‘ini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.S. 2 dona “Equinox” rusumli avtomashina xarid qilish uchun hududiy tijorat banki filialidan ota-onasining nomiga 660,7 mln so‘mlik kredit shartnomalari rasmiylashtirishga erishib, avtomashinalarni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘ymasdan boshqa shaxslarga 67 000 AQSH dollariga sotib yuborganligi aniqlangan.

Теги :
Jamiyat