$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 15-iyul voqealari

Qora 15-iyul

 Andijonda Qirgʻizistondan oqib kelgan yana ikki qizning jasadi topildi

Andijon shahrida Oʻshda sodir boʻlgan selda oqib kelgan qirgʻizistonlik 19 yoshli va 10 yoshli qizlarning jasadlari topildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, fuqarolar N.M. va N.M. bugun soat 14:30 da topilib, Oʻzbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan shahar oʻlikxonasiga olib ketilgan.

Toshkentda “dom” liftlarini tarmoqqa noqonuniy ulagan shirkat aniqlandi

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasining ma’lum qilishicha, Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan “I.S.T.” MChJ elektr qurilmalarining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 9 qavatli uyning 4 ta lift va 40 dona yoritgichi orqali elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 61,8 mln. so‘mni tashkil etgan.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deb atagan qiz jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qishloqliklarni haqorat qilgan qizning videolavhasi tarqaldi. U qishloqliklarni jirkanch mahluqot deb atagan.

Huquqbuzar qizga nisbatan sud ishi bo‘lib o‘tdi. U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, haqorat faqatgina bir shaxsga qaratilganligini ma’lum qilgan.

Sud qarori bilan qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida (6,8 mln. so‘m) jarima jazosi tayinlangan.

Oldinroq viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamalgandi.

Madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan uyini buzgan fuqaro jinoiy javobgarlikka tortildi

Samarqand shahrida madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan uy-joyini buzgan ayolga sud hukmi o‘qildi.

1970-yilda tug‘ilgan M.Yu. Samarqand shahrining Chiroqchi ko‘chasidagi 85-uyda oila a’zolari bilan birgalikda yashab kelgan. XIX-XX asrlarda qurilgan ushbu uy moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan.

Sudlanuvchi 2023-yil 30-martda Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan uy-joyni aslicha saqlash va buzmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirilgan. Ammo u uyini buzib tashlab, hujjat rasmiylashtirmasdan, o‘rnidan qurilish ishlarini amalga oshirgan. Buning oqibatida esa madaniy meros obektiga 1 mlrd. 79 mln. so‘m zarar yetkazilgan.

Unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati berilgan. Shuningdek, madaniy meros obektiga yetkazilgan 1 mlrd. 79 mln. so‘m zararni sudlanuvchidan undirish belgilangan.

Теги :
Jamiyat