$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 12-iyul voqealari

Qora 12-iyul

Urganch xalqaro aeroporti vaqtinchalik yopilmoqda

Joriy yil 20-iyuldan 7-avgustgacha Urganch xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilish uchun vaqtincha yopilishi sababli Uzbekistan airways aviakompaniyasining Urganchdan rejalashtirilgan aviaqatnovlarining bir qismi Nukus xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi. 

Shu munosabat bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Uzbekistan Airports tomonidan Urganch va Nukus shaharlari aeroportlari o‘rtasida avtobus qatnovi tashkil etildi.

Bog‘cha bolasiga oyog‘ini uqalatgan tarbiyachi ishdan haydaldi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyalanuvchisiga oyoqlarini uqalatayotgani tarbiyachi aks etgan video tasvir tarqalgan edi.

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatni o‘rganib, voqea Oqoltin tumanidagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lganini aniqlangan.

“Holat yuzasidan tumandagi barcha Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari va bo‘lim xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va holat yuzasidan muhokama qilindi.

Muhokama qaroriga muvofiq 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi N.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”, – deyiladi Boshqarma xabarida.

60 oyda mashina va’da qilganlar firibgar bo‘lib chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “B.A.” va “A.A.” MChJ rahbarlari avtolizing faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 10 nafar fuqaroga lizing krediti asosida 60 oy muddatga avtomashinalarni yetkazib berishni va’da qilib, avtomashinalarni yetkazib bermasdan ularning jami 547,6 mln. so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.   

Shu kabi, Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar B.G‘. va U.S. joriy yilning mart oyida “A.H.” MChJni tashkil etib, internet saytlari orqali “UzAutoMotors” kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi avtomashinalarni oldindan to‘lov evaziga 5-10 kun muddat ichida yetkazib berishlari haqida e’lonlar berib, 4 nafar fuqaroning jami 380,6 mln. so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Respublikaning olti hududi aholisi sel-suv toshqin kutilmoqda

O‘zgidromet joriy yilning 13-16 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yashovchi aholini seh hodisasidan ogohlantirmoqda.

Jumladan:

-        Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

-        Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

-        Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

-        Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

-        Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

-        Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Теги :
Jamiyat