$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 11-iyul voqealari

Qora 11-iyul

 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan shaxs ushlandi

O‘zi bilan qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan ayolning avvalgi turmushidan tug‘ilgan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan shaxs ushlandi.

Shu yilning 9-iyul kuni Yashnobod tuman, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993-yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

AQSh va Koreya davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “F.T.” MChJ rahbari F.B. fuqaro U.A.ni 13 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.M. va D.X. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uning farzandini Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

AQSHda yolg‘on bayonot bergan o‘zbekistonlik qamaldi

Kecha, 10-iyul kuni AQSHda 37 yoshli o‘zbekistonlikka federal huquq-tartibot idoralariga yolg‘on bayonot bergani uchun bir oylik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Konnektikut shtatining Nyu-Xeyven shahridagi tuman prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi S.M 2009-yilning fevral oyida AQSHga ko‘chib ketgan, Konnektikut shtatining Nyu-Britaniya shahrida yashagan va 2010-yilning sentyabrida rezident sifatida qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan. U 2013-yilning 27-mayida AQSHdan Istanbulga jo‘nab ketgan. Safar davomida u akasi Suriyadagi fuqarolar urushida halok bo‘lganidan xabar topgan.

Ammo Federal tergov byurosi maxsus agentlari bilan Turkiyaga qilgan safari va akasi haqida so‘rov bo‘lib o‘taganda, u agentlarga bir necha bor yolg‘on gapirgan. Jumladan, akasi tirikligi hamda Turkiya yoki Dubayda yashayotganini, Turkiyaga qilgan safari chog‘ida akasi bilan uchrashgani, hatto akasi unga jo‘natma yuborganini aytgan. Shuningdek, u akasining qayerdaligini bilmasligini, AQSHdagi o‘zbekistonliklarning Suriyaga jang qilish uchun ketayotgani haqidagi gap-so‘zlardan bexabarligini ma’lum qilgan. 

Andijon tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripo-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 mln. so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi

Sirdaryoning Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.

Теги :
Jamiyat