$
 12557.67
2.51
 13448.01
17.76
 147.37
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-iyun voqealari

Qora 29-iyun

Buxoroda bir erkak o‘g‘li bilan janjallashgan 5 yoshli bolani kaltakladi

Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi bog‘chada bola jarohatlangani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumanidagi bog‘chada A.Yu. ismli bola sherigi A.S. (2019-yilda tug‘ilgan) bilan urishgan. Shu sababli A.S.ning otasi X.F. A.Yu.ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Bola tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan, u yerdagi navbatchi shifokor IIBga xabar bergan.

Bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Buxoroda ukasini pichoqlab o‘ldirgan aka 10 yilga qamaldi

Joriy yilning 8 fevral kuni I.H. (erkak) Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi uyida soat 18:30 atrofida ukasi E.H. bilan ovqatlanib, birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastligi natijasida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

Janjal oqibatida aka ukasini qasddan o‘ldirish maqsadida, yashash xonadonidagi oshxona pichog‘i bilan uning hayoti uchun muhim tana a’zolari, ya’ni, o‘ng qo‘l bilak yuqori uchi sohasi va ko‘krak qafasiga urib, og‘ir tan jarohati yetkazganida qo‘lidagi oshxona pichog‘ining tig‘i E.H.ning ko‘krak sohasida sinib qolganidan so‘ng u oshxonadan yana boshqa pichoqni olgan vaqtida uyga yetib kelgan guvohlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Jabrlanuvchi E.H. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida joriy yil 13 fevral kuni tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.H. tegishli modda bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Haj ziyoratida necha nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganlar soni ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonida 2024-yilgi Haj mavsumida ziyorat chog‘ida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozircha ular aynan qanday sabab bilan vafot etgani aniq emas.

The Guardian nashrining Saudi Press Agency (SPA)'ga tayanib xabar qilishicha, ziyoratga borgan 1300 nafar haj ziyoratchisi jazirama issiqda piyoda ko‘p yo‘l bosilgani sabab halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haj mavsumi 2024-yil 23-maydan boshlangandi. 22-may kuni 240 nafar ziyoratchini Haj ziyoratini ado qilish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishgandi.

O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

30-iyundan 1-iyulgacha yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish e’lon qildi.

Hududlar:

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Теги :
Жамият