$
 12555.16
-25.11
 13430.25
-16.8
 147.69
2.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 27-iyun voqealari

Qora 27-iyun

Chustda davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

MIB Namangan viloyat boshqarmasi xabar berishicha, joriy yilning 13 aprel kuni Byuroning Chust tuman bo‘limi davlat ijrochilari J.N. ning xonadoniga fuqaro foydasiga 42,1 mln. so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borishadi. Biroq, qarzdor majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlaydi. Ustiga- ustak uydan chiqarib yuborish maqsadida janjal ko‘taradi. Davlat ijrochilarining birini yuz qismiga, birini esa ko‘krak qismiga jarohat yetkazadi. Holat bo‘yicha J.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudida mazkur holat ko‘rib chiqildi. Sud jarayonlarida barcha holatlar o‘z isbotini topib, J.N. jinoyat kodeksning tegishli moddasi bilan 3 yil-u, 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Lacetti gaz balloni portlashidan bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyati FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 27-iyun kuni soat 11:40 larda yuz bergan. “Markaz” MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan Lacetti avtomashinasi metan gaz balloni portlab ketgan.

Portlash vaqtida avtomobil ichida hech kim bo‘lmagan, birlamchi ma’lumotga ko‘ra, portlash natijasida avtomobil atrofidagi shaxslar turli darajada tan jarohati olgan. Portlash natijasida kelib chiqqan yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan.

Viloyat IIB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Lacetti egasi avtomashinasini dehqon bozori hududiga to‘xtatib, o‘zi savdo qilish uchun bozorga kirib ketgan bo‘lgan.

Portlash oqibatida shu atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Suv ta’minoti xodimlarining uch nafari zaharlandi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi suv haydash nasos stansiyasida uch kishi zaharlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” axborot xizmati rahbari xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan soat 10:00 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur obyektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining uch nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgan va ahvoli og‘irlashgan.

Viloyat suv ta’minoti korxonasi mas’ullari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli huquq-tartibot idoralari mas’ullaridan tashkil etilgan tezkor guruh o‘rganishlari natijasida hozirda xodimlardan biri — H.I. vafot etgani, qolgan ikki nafar xodim — Z.B. va X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani aniqlandi.

Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan X.A. fuqaro A.D.ga 3 000 AQSH dollarini 37,9 mln. so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 300 AQSH dollarini bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 2 405 AQSH dollari, 2 200 Rossiya rubli va 12,4 mln. so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Urgut tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.Gʻ va Gʻ.S. fuqaro O.A.ga jami 2 800 AQSH dollarini 35,5 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Теги :
Жамият