$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-iyun voqealari

Qora 26-iyun

 Toshkent viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq va Ohangaron shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar N.R., A.T. va boshqalar “Umid” hamda “O‘nqo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonlarda 19 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 105,5 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

5 ta transport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

22-iyun kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 11:30 da tuman hududidan o‘tgan 4R15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) 24 yoshli haydovchi R.N. “KamAZ”ni boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamagan va harakat tezligini nazorat qila olmay, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lacettiga urilgan.

Tarqalgan videolavhada “KamAZ” borib urilgan mashinalar piyodalar o‘tish joyida odamlarga yo‘l berish uchun to‘xtagani, YTH ro‘y bergach, bir piyoda mashinadan qocha olganini ko‘rish mumkin.

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi

Jizzax viloyatida bolasiga aliment to‘lashdan qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi qarzdor I.T. hisobidan undiruvchi G.Sh foydasiga farzandlari ta’minoti uchun aliment undirishni belgilagan. Olib borilgan ijro harakatlariga qaramasdan qarzdor aliment pulini to‘lamasdan bo‘yin tovlab kelayotgani aniqlangan.

Qarzdorligi bugungi kun holatiga 10 mln. so‘mdan oshganligi uchun qarzdor otaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 4-qismiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida odam urib yuborgan Lacetti haydovchisi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2024 yil 25-iyun kuni soat 21:20 larda Qamashi tumani Qoratepa MFYda sodir bo‘lgan.

Noma’lum haydovchi oq rangli Lacetti bilan Qoratepa qishlog‘i hududidagi ichki yo‘lda harakatlanayotib velosipedda ketayotgan 37 yoshli B.E.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan B.E. boshqalar tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning yordamiga qaramay u vafot etgan.

Теги :
Жамият