$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-iyun voqealari

Qora 20-iyun

“Betob qizaloqni davolatishga yordam” deya o‘zganing nomidan akkaunt ochib, pullarni o‘zlashtirib kelgan firibgar ayol aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi U.U. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi M.Sh. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.Sh., jabrlanuvchi U.U.ning (qiz) jiyani nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va go‘yoki Hindiston davlatiga olib borish uchun puli yetmaganligi sababli xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan fuqaro qutqarildi

Kecha, 19-iyun kuni Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda hushsiz holda oqib kelayotganligini ko‘rgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan.

Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Ma’lum bo‘lishicha ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yo‘qotib o‘zi ham oqib ketgan.

Chegarada fuqarolar 2 mlrd. so‘mlik tillalarni olib o‘tishga urindi

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Bekobod-avto” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida fuqarolarning bel qismiga matoga o‘rab yashirilgan umumiy qiymati salkam 2 mlrd. so‘mlik 1696 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marmar va ohaktoshlarni noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” MCHJ mas’ul shaxslari “Marmarobod” MFY hududidagi marmar konidan tegishli ruxsatnoma olmasdan 3 020 kub hajmdagi marmar toshlarini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 694,8 mln. so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.G.” MCHJ mas’ul shaxslari “Turatau-2” konidan MCHJ belgilangan hududdan tashqarida 3 178 kub hajmdagi ohaktoshni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Теги :
Jamiyat