Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 97 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +8°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-iyun voqealari

O‘nlab bolalar bilan YTHga uchragan avtomobil, sel vaqtida devor bosib qolgan qizlar, Ostonaga uchib, ortga qaytgan samoliyot — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.

3 daqiqa o‘qiladi

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-iyun voqealari

Beruniyda o‘nlab bolalarni olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ichida bolalar bo‘lgan avtomashina halokatga uchragani haqida videoma’lumot tarqaldi.

Dastlabki rasmiy ma’lumotga ko‘ra, voqea bugun, 19 iyun kuni soat 09:55da Beruniy tumani Quruvchilar ko‘chasidan o‘tuvchi 4R161 avtomabil yo‘lining 16-17km larida sodir bo‘lgan.

Unda Beruniy tumani Shabboz OFYda yashovchi Beruniy tumanida yashovchi 1981-yil tug‘ilgan S. G ismli fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Nexia-3 mashinasi bilan harakatlanib borayotib, shu yo‘l chetida turgan Gentra avtomashinasi boshqaruvchisi U.K. Nexia-3 mashinasi oldiga chiqib yuborishi natijasida yo‘l transport xodisasi sodir qilgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida Nexia-3 mashinasi haydovchisi 1991-yil tug‘ilgan S.G, ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida borayotgan 2018-yil tug‘ilgan voyaga yetmaganlar X. F va 2021-yil tug‘ilgan N. S lar tan jarohati olib Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda ularning sog‘ligi joyida ekanligi aniqlangan.

Yuz bergan hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namanganda sel vaqtida 2 qizni devor bosib qoldi, ularning biri halok bo‘ldi

Namangan viloyati Chust tumanida 17-iyun kuni kuzatilgan sel oqibatida devor qulab, 2 qizni bosib qoldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, qizlarning biri vafot etgan.

Qayd etilishicha, soat 16:00 da tumanning “Toymosobod” MFY Kamarbasta ko‘chasida qizlar — 14 yoshli Z.Yu. va 16 yoshli K.Yu. darvozaxonaga kirayotgan yomg‘ir suvini to‘sish maqsadida devor oldiga borgan. Shu vaqtda uy devori tag qismi bilan ularning ustiga qulab tushgan.14 yoshli Z.Yu. voqea joyida halok bo‘lgan, K.Yu. esa jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Marhumada qo‘shma shikastlar, kalla miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin, chanoq shikastlari borligi, kalla gumbaz, peshana tepa, o‘ng chakka suyak siniqlari kalla asosiga o‘tishi, miya majag‘lanishi, bo‘yin va ko‘krak umurtqalari ko‘plab sinishi, chap tomondan ko‘plab qovurg‘alar sinishi, o‘pkalar va yurakning ko‘krak qafasidan pastga chiqib qolishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Haydovchi avtomobil boshqaruvi payti uxlab qolishi oqibatida YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Sirdaryo viloyatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 19-iyun kuni soat 05:30 larda, Sardoba tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtoyo‘lining 931 kilometrida “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “Nexia” rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvi payti uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan “MAN” rusumli yuk transport vositasiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada “Nexia” avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat olib tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda sezildi

Bugun 19-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 17:09 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 170 km shimoliy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 43 km.

Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km.

Chust tumanida 2 ball, 59 km.

Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Uzbekistan airways kompaniyasining HY721 Toshkent – Ostona yo‘nalishida parvoz qilgan A-320 samolyoti ortga qaytdi.

Xabar berilishicha, bunga yuk bo‘limi eshigining noto‘g‘ri signalizatsiyasi ishga tushganligi sabab bo‘lgan.

“Ekipaj balandlikka ko‘tarilishni to‘xtatib, protseduralarga muvofiq jo‘nab ketish aeroportiga qaytishga qaror qildi”, – deyiladi xabarda.  

Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirgan va “havo kemasi yaqin fursatlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshiradi”.