$
 12586.41
-13.51
 13497.67
-13.22
 144.49
0.01
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-iyun voqealari

Qora 17-iyun

 Rossiyada politsiyachiga pora bergan o’zbekistonlikka jinoiy ish ochildi

Leningrad oblasti Kirov tumanida o‘zbekistonlik muhojir ma’muriy huquqbuzarligiga ko‘z yumishi uchun politsiyachiga 35 ming rubl miqdorida pora bermoqchi bo‘lgan.

Kirov tumani ma’muriyati matbuot xizmati muhojirga nisbatan pora bergani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Jinoyat uchun O‘zbekiston fuqarosi ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Migrant qo‘lga olinib, vaqtinchalik hibsxonada saqlanmoqda.

O‘zganing mashinasini olib qochgan o‘ta xavfli retsidivist 15 yilga qamaldi

Oliy sud xabariga ko‘ra, 1975-yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, mast holatda haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan mashinani olib qochgan.

Ish hujjatlarida aytilishicha, fuqaro olib qochilgan Matiz mashinasida YTHga uchragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan o‘ta xavfli retsidivist 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Qozog‘istondagi YTHda 51 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘iston hududidan o‘tgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi.

Odam o‘limi bilan bog‘liq mazkur hoisa joriy yilning 15-iyun kuni ertalabki soat taxminan 6:30 larda sodir bo‘lgan. Atirau viloyati politsiya departamenti xabariga ko‘ra, YTHda KamAZ, PAZ 32053 va Daewoo Nexia avtomashinalari ishtirok etgan.

Hodisada Daewoo Nexia haydovchisi bo‘lgan 1973-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Toshkentda bir guruh fuqarolar orasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkentda lo‘lilar ishtirokida ommaviy janjal yuz bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 16-iyun kuni taxminan soat 21:00 larda Bektemir tumani “Chashma” mahallasida istiqomat qiluvchi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan.

Natijada ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalni ko‘rgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Теги :
Жамият