$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-iyun voqealari

Qora 13-may

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 13-iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida uch mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashina, 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi A.Z. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina hamda 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi P.L. boshqaruvidagi bo‘lgan LADA rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Poytaxt markazida Lacetti yonib ketdi

2024-yilning 12-iyun kuni soat 14:20 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida, Lacetti rusumli transport vositasining salon qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Aktrisa Malika Qayumova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Malika Qayumova 1954-yil Toshkent viloyatida tavallud topgandi.

2011-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 1976-yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan.

Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 1993-yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Malika Qayumova o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etigan.

3 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Sh.Rashidov tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.A. va S.N. jami 2 500 quti “Esse Change” hamda 1 000 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro A.A.ga 100 mln so‘mga sotishga kelishib, aksiz markasiz mahsulotlarni yetkazib berish xizmati uchun 7 mln. so‘m, jami 107 mln. so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Теги :
Jamiyat