$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-iyun voqealari

Qora 10-iyun

Chirchiq daryosiga yuk mashinasi tushib ketishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

Ijtimoiy armoqlarda Howo yuk avtomashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining maʼlum qilishicha, ushbu hodisa 9-iyun kuni soat 18:30 larda sodir bo‘lgan.

Maʼlum qilinishicha, korxonalar orasida tashkil etilgan avtomobil yo‘lidagi ko‘prikda 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Howo yuk mashinasi ehtiyotsizlik oqibatida daryoga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchiga esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

IIV binosi yaqinida yong‘in chiqdi

FVV xabariga ko‘ra, bugun, 10-iyun kuni soat 08:10 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Afrosiyob va Sh.Rashidov ko‘chalari kesishmasi oldida joylashgan yer osti tunnelida elektr simlarini tutashi kuzatildi.

Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Piterda o‘smirlarga tanbeh bergan o‘zbekistonlik farrosh pichoqlandi

9-iyun kuni kechasi Piterning Buxarest ko‘chasidagi uyning 12-qavatdan pastga axlat tashlayotgan o‘smirlarga farrosh tanbeh bergan.

Tanbehni ko‘tarolmagan o‘smirlar farroshni pichoqlab qo‘ygan. O‘smirlar yo‘lda yana bir kishiga ham tashlanishdi, biroq jiddiy jarohat yetkazisholmadi.

Pichoqlangan farrosh – 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ayni vaqtda u reanimatsiyada ekani xabar qilinmoqda.

Voqeaning bir ishtirokchisi – 9-sinf o‘quvchisi qo‘lga olingan. Politsiya bo‘limida o‘smir ota-onasiga topshirilgan. Hozirda jinoiy ish ochish masalasi o‘rganilmoqda.

Surxondaryoda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 7:52 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Epitsentr: Surxondaryo viloyati, Uzun tumani. Zilzila koordinatalari: 38,06 gradus shimoliy kenglik; 68,18 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 367 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Uzun tumanida 2-3 ball, 11 km.

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 6 kishi vafot etdi

Joriy yilning 9-iyun kuni Navoiy viloyati Nurota tumani Dehilaband MFY hududida Onix, Lacetti va Damas avtomashinalari ishtirokida o‘lim bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu YTHda Onix avtomashinasida bo‘lgan bir oilaning 5 nafar a’zosi va Lacetti haydovchisi vafot etgan. YTHda qurbon bo‘lganlarning 2 nafari voqea joyida qolgan 4 nafari esa shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Теги :
Jamiyat