$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 30-may voqealari

Qora 30-may

 Sergilining ayrim ko‘chalari kamida bir oyga yopiladi

Toshkent shahri Sergeli tumanida 30-mayga o‘tar kechasi eskirgan issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlandi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.

Bunda Obi hayot ko‘chasidan o‘tuvchi diametri 400 mm, uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan tumandagi Sergeli Yarmarka chorrahasidan Obi hayot ko‘chasi Havas supermarket oldigacha bo‘lgan yo‘l yopiladi.

4 milliard 800 millionlik “sintetika”

“Qora dori 2024” tezkor profilaktik oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbir davomida 33 yoshli fuqaro M.I. Bo‘stonliq tumani hududida gumonlanib tekshirilgan. Uning yonida bo‘lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) ko‘zdan kechirilganda 12 ta o‘ramdagi, qora bozordagi taxminiy narxi 4 mlrd 800 million so‘m bo‘lgan 6 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi topilgan va daliliy ashyo sifatida olingan.

Bundan tashqari, ushlangan shaxsning uyida sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi ma’lum bo‘lgan.

Mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Captiva haydovchisi mashinasini odamlar ustiga haydab borgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Internetdagi videoda mashina futbol maydoni ichidagi bir guruh odamlar qarshisida xavfli burilishlar qilib, ularni qasddan bosib ketishga harakat qilgani va bir nafarini urib ketgani ko‘rinadi.

Holat o‘rganilib, avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi tegishli tartibda qamoqqa olinib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Rahmonberdi Islomov vafot etdi

Bugun 29-may kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aktyor Rahmonberdi Islomov 67 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri xabar berdi. Rahmonberdi Islomov bir qator filmlarda, jumladan “O‘yin” badiiy filmida rol ijro etgan.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.Yu. va U.Q. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro D.M.ga internet ijtimoiy tarmog‘i orqali jami 216 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotganligi aniqlanib, I.Yu.ga tegishli omborxonadan yana 1 740 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.T. va J.N. oldindan o‘zaro til biriktirib, “Birlik” MFY hududida 2 nafar fuqaroga jami 172 dona “Zardeks” nomli hamda yashil rangli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 6,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, S.T.ning yonidan yana 64 dona “Zardeks” va “Gabapentin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Жамият