$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 2-aprel voqealari

Qora 2-aprel

Soxta bank xodimi qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.X. ushlangan.

U fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki TIF “Milliy bank” Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln. so‘m evaziga 500 mln. so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

“Metan”ni o‘zboshimchalik bilan oshirish holatlari aniqlanmoqda

Energetika vazirligi ayrim metan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida gaz belgilangan 3350 so‘mlik limitdan yuqori narxda sotilayotganiga izoh berdi. 1 aprel kuni internetda ba’zi AGTKShlar gazni 3800 so‘mdan sotayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holat Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida kuzatilgani aniqlangan.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu AGTKSh mas’ullariga tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va “metan” gazning 3350 so‘mdan sotilishi ta’minlangan.

Shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida ikkita AGTKShda shunday holat kuzatilgan bo‘lib, ular ham “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari tomonidan bartaraf etilgan.

5 tonna yaroqsiz go‘sht savdosi

Uchtepa tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovuq go‘shtini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda fuqarolar Sh.K., J.M., J.A. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Xamdost” MFY hududidagi binoda tovuq go‘shtini qayta ishlash sexini tashkil etib, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 4 674 kg. tovuq go‘shtini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Uzgidrometdan tezkor ogohlantiruv

Respublika Gidrometeorologiya xizmati tezkor ma’lumot e’lon qildi. Unda aytilishicha, olti viloyatda qor ko‘chish xavfi majud.

 

2024-yil 3-8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Toshkentda rejali suv o‘chish jadvali

“Toshkent shahar suv ta’minoti” poytaxtda sovuq suv jadval bo‘yicha vaqtincha o‘chirilishini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi yoki vaqtincha to‘xtatiladi.

Tumanlarda suvni o‘chirish 15 apreldan boshlanib, 20 mayga qadar davom etadi. Muayyan bir hududda suv qariyb ikki kun davomida bo‘lmaydi.

Quyida havolalarda ichimlik suvi to‘xtatiladigan manzillar va o‘chish vaqti keltiriladi:

Ro‘yxatga kiritilmagan Bektemir tumanida rejali o‘chirish bo‘lmaydi. Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Теги :
Жамият