$
 12865.66
-8.36
 13510.23
-48.69
 125.14
-3.07
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 2-mart voqealari

3 3

AQSHga noqonuniy yo‘l bilan ketgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

3 mart kuni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Ma’lum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor.

Bundan avvalroq AQSh hukumati O‘zbekistonning mamlakatga noqonuniy kirib kelgan 119 nafar fuqarosini vataniga qaytargani haqida xabar berilgandi.

Otabek Xolmatov chempionlik jangida nokautga uchradi

Otabek Xolmatov jang tugashiga 7 soniya qolganda WBA chempionlik kamarini yutqazib qo‘ydi. U yarim yengil (-57,15 kg) vazn toifasi, WBA yo‘nalishida jahon chempionlik kamari uchun Raymond Fordga qarshi ringga chiqqan edi. 11 raundga ko‘ra hakamlar Otabekning g‘alabasini qayd etib turgandi. Ammo jang tugashiga 20 soniya qolganda Otabek Xolmatov texnik nokautga uchradi.

Shunday qilib, jang 12-raund tugashiga 7 soniya qolganida yakuniga yetdi. Bu o‘zbekistonlik bokschining faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatiga aylandi.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Olot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.O. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 102 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.X.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 Shu kabi, Andijon shahridagi o‘tkazilgan reyd tadbirida ham fuqaro A.R. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Mustaqillik” MFY hududida jami 75 dona “Tropikamid” va “Pfizer” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Maktabdagi janjalda Milliy Gvardiya xodimi jarohatlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maktablardan birida ro‘y bergan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga tan jarohati yetkazildi. Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 1 mart kuni soat taxminan 13:00 larda Zangiota tumani, “Bog‘ishamol” MFYdagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktabda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf o‘quvchilarining maktabni orqa taraf hovlisida o‘zaro janjallashayotganini ko‘rib qolib holatni bartaraf etishga kirishgan.

Shu vaqtda profilaktika inspektori ham yetib kelib, Milliy gvardiya xodimi bilan birgalikda o‘quvchilarni tinchlantirishga kirishganida, ushbu maktabning 10-sinf o‘quvchisi akasini chaqirgan. Tashqaridan yetib kelgan o‘quvchining akasi hamda uning ikkita sherigi profilaktika inspektori va Milliy gvardiya xodimining ogohlantirishiga qaramasdan janjalga aralashib ketgan. Taraflarning xatti-harakatlarini va qarshiliklarini to‘xtatish chorasini ko‘rgan Milliy gvardiya xodimiga shu joyda tan jarohati yetkazilgan.