$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 21-fevral voqealari

QoraDay21

Hokim o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimining pora olishda ayblangan sobiq o‘rinbosari 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qayd etilishicha, 2023-yilning may oyida fuqaro Q.M. Yangiobod tumani hokimining v.b. o‘rinbosari Q.R. bilan Angren Mashal Servis MCHJ rahbariga U.T.ga shamol elektr stansiyalari qurish uchun 200 gektar yer maydonini olib berishni aytgan. Evaziga 200 ming dollar so‘ragan. Fuqaro kelishilgan summaning yarmi, ya’ni 100 ming dollarini restoranlarning birida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan. Shuningdek, tadbir davom ettirilib, hokim o‘rinbosari ham qo‘lga olingan.

Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi

Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida to‘xtatilganda unda iste’mol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda tashib kelinayotgan 3 tonna tovuq go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi.

Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga jo‘natilganda, tovuq go‘shtlarining iste’molga yaroqsizligi aniqlangan.

Bo‘ka tumanida yo‘l qurilishidagi talon-torojlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan “Toshkent viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.S.” MCHJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi ko‘chalarini joriy ta’mirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MCHJga o‘tkazib berilgan 373,5 mln so‘mni qurilish ishlarini boshlamasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Rossiyada noma’lum shaxs o‘zbekistonlik taksichini otib tashladi

20 fevral kuni Sankt-Peterburg shimolidagi Pargolovo qishlog‘idagi Viborg shossesida o‘zbekistonlik taksi haydovchisiga killer tomonidan hujum qilindi. Rossiya Tergov qo‘mitasi qotillikka suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyat ishini ochdi. Qayd qilinishicha, qotil qora rangli Toyota Camry mashinasida bolalarni 622-sonli gimnaziyaga olib kelgan 42 yoshli o‘zbekistonlik taksichi Rustambek Aldayevning boshiga to‘pponchadan o‘q uzgan. Tergov qo‘mitasi e’lon qilgan kadrlarda yuzini qalpoq ostiga yashirgan erkak haydovchiga yaqinlashib, bola va o‘tkinchilarning ko‘z o‘ngida unga o‘q uzgani ko‘rinadi.

Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, hozir shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda, bemorning ahvoli o‘ta og‘ir. Hozircha hujum sabablari noma’lumligicha qolmoqda.

Теги :
Jamiyat