$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 15-fevral voqealari

2 15

“Monya xonim” qo‘lga tushdi

Turkiya politsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti Qidiruv boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan, 23 yoshli Munisaxon Alimjonova Istanbul shahrida qo‘lga olindi. 

Bir hududda 3 ta iste’molchi 632 million so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura, IIV hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan, Guliston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Y.P. xonadonida yashirin tarzda bodroq sexi tashkil qilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga 339 million 143 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Yangiyer shahrida esa “K.A.T.” MCHJga qarashli oshxona (231 million 140 ming so‘m) hamda “N.S.Z.S.” yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektiga qarashli novvoyxona (61 million 860 ming) gaz quvuriga texnik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalar (ya’ni so‘ruvchi nasos) o‘rnatib, gaz tarmog‘iga ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 293 million so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

 Janjalda bir ayol o‘ldi

Qayd etilishicha, fuqaro Sh. O.(ayol) “Jo‘ydam” mahallasidagi ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarini kestirayotgan bo‘lgan. Shu paytda yer maydoning sobiq egasi fuqaro E.U. daraxtlar uniki ekanini aytib, janjallashib ketgan.

Janjal davomida erkak ayolning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan Sh. O. shifoxonada vafot etgan.

Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shaharda joylashgan “Sh.S.” MCHJga qarashli savdo do‘konida kirim hujjati mavjud bo‘lmagan jami 82 xil turdagi jami 3 583 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Z. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Qashqadaryo daryosi” o‘zanidan davlat zaxirasidagi muhofaza qilinadigan hudud hisoblangan yer maydonidan “Howo” va “Shantui” rusumli texnikalar yordamida 1,6 ming kub hajmdagi qum shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 969 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.   

 

 Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.