$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 28-dekabr voqealari

Qora 28-dekabr

Buxoroda cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

27-dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani “Afrosiyob” MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Hayrabot” kanalida 1 nafar fuqaro cho‘kayotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (ayol) suvdan qutqarib olgan.

Shundan so‘ng, tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi holda bo‘lib, shifokorlar nazoratida.

 Namanganda tamaddixona oldiga tashlab ketilgan 15 kunlik chaqaloq topildi

Namanganda tamaddixona oldiga tashlab ketilgan qiz chaqaloq topildi. Bu haqda “Daryo” nashri bermoqda.

Voqea joriy yil 25-dekabr kuni kechga yaqin Davlatobod tumanidagi tamaddixonalardan birining oldida sodir bo‘lgan. Shu yerdagi o‘rindiqqa 15 kunlik chaqaloq kiyim-kechaklari bilan birga tashlab ketilgan.

Chaqaloq zudlik bilan tuman tug‘uruqxonasiga olib borilgan. Hozirda uning holati qoniqarli ekani aytilmoqda.

Davlatobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida chaqaloqni tashlab ketgan ayol aniqlandi. 1994-yilda tug‘ilgan ayol bunga oilaviy muammolar tufayli majbur bo‘lganini bildirgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Zulayho Zayniddinovaning aytishicha, ona bilan Davlatobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi muloqotda bo‘lgan. Hozirda chaqaloqqa tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish va vasiylik belgilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryodagi “zapravka”da Zil rusumli avtomobil yonib ketdi

Bugun 28-dekabr kuni soat taxminan 08:45 lar atrofida Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga avtomobil yonayotganligi bo’yicha xabar kelib tushgan, deb yozmoqda FVB matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv boʻlinmasi soat 08:48 da yetib borib, yongʻinni 09:51 da toʻliq o‘chirgan.

“Aniqlanishicha, Shahrisabz shahar “Ipak yoʻli” koʻchasida joylashgan Qashqadaryo Neft bazasi MCHJ Shahrisabz filialiga qarashli 3-sonli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida, Zil 130 rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yongan”, – deyiladi xabarda.

Yong’indan hech kim tan jarohati olmagan hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yongʻin oqibatida shoxobchaning hech bir qoʻshimcha binolariga zarar yetmagan.

Toshkentda Cobalt yondi

Bugun, 28-dekabr kuni soat 13:40 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Cobalt rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Uning oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Теги :
Jamiyat