$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-dekabr voqealari

Qora 25-dekabr

 Surxondaryoda 750 ming quti muddati o‘tgan kontrabanda tamaki mahsuloti yo‘q qilindi

Surxondaryo bojxona boshqarmasi kontrabanda tamaki mahsulotlarining yirik partiyalarini musodara etibgina qolmay, aybdorlar javobgarlikka tortilishiga ham muvaffaq bo‘ladi.

Sherobod tuman jinoiy ishlar bo‘yicha tuman sudining hukmiga ko‘ra, 10,2 milliard so‘mlik 749,9 ming quti kontrafakt sigaretni noqonuniy olib kirishda aybdor deb topilgan fuqaro 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukm kuchga kirgandan keyin musodara etilgan tamaki mahsuloti yo‘q qilindi.

Bu qaror huquqni muhofaza qilish organlarining noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasiga qarshi kurashdagi qat’iyatini namoyon etuvchi muhim signaldir.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish doirasida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamkorlikda 2023-2024 yillarda bojxona qonunchiligini buzishga oid 117 ta holatni aniqladi. Jami summa 55,5 mlrd so‘mga teng 3,2 million quti tamaki mahsulotining bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini oldi va viloyat hududi ichida noqonuniy tamaki aylanmasiga oid qator tekshiruvlar o‘tkazildi.

Toshkentda Lixiang Temir ustunga urildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida 24-dekabr kuni soat 20:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi 1974-yilda tug‘ilgan B.A. Lixiang avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Termizga uchgan samolyotlar quyuq tuman sabab muqobil aerodromga yo‘naltirildi

Xorijiy davlatlardan Termizga uchgan samolyotlar noqulay ob-havo sharoiti (tuman) sabab muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

Jumladan, “Air Samarkand” aviakompaniyasining Jidda-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha UZS412 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways”ning Moskva – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY9610 reysi ekipaji ham Samarqandga qo‘ndirilgan.

Qashqadaryoda 200 ming donaga yaqin pirotexnika vositalari qo‘lga olindi

Qashqadaryoda qariyb 200 ming dona pirotexnika vositalarining yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi, deb yozmoqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Milliy gvardiya, IIB va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarini noqonuniy realizatsiyasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Ko‘kdala tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

“Unda “Toshkent-Qarshi” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari borligi ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.

Ushbu pirotexnika vositalari belgilangan tartibda sanoqdan o‘tkazilganda esa 8 dona karton qutilar ichida jami 196 200 dona petardalar joylashtirilganligi oshkor bo‘ldi. Mazkur vositalarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qariyb 50 mln. so‘mni tashkil etmoqda.

Теги :
Jamiyat