$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 19-dekabr voqealari

Qora 19-dekabr

 Fargʻonada erkak ikkinchi xotinini urib, jagʻini sindirdi

Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qoʻshxotinlik va oilaviy zoʻravonlik uchun jinoiy jazoga tortildi.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, 2001-yilda tugʻilgan D.Oʻ. Oltiariq tumanining Sharq mahallasidagi uyida 2023-yilning avgust oyidan 2024-yilning may oyiga qadar X.T. va S.I. bilan er-xotin sifatida yashab kelgan. Erkak 2024-yil 24-may kuni turmush oʻrtogʻi S.I. bilan janjallashib, homiladorligini bilgani holda uning yuziga musht tushirgan.

Oqibatda S.I.ning pastki jagʻ suyagi ikki joyidan sinib, u oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati olgan. D.Oʻ. sudda aybiga toʻliq iqror boʻlgan hamda qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Unga 3-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Toshkentda ikki avtobus, Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent shahrida yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 18-dekabr kuni soat 21:07 da Yunusobod tumani Amir Temir shohkoʻchasida harakatlangan yoʻnalishdagi avtobusda yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, ikkita yongʻin-qutqaruv ekipaji soat soat 21:13 da hodisa joyiga etib borgan va yongʻin soat 21:23 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Shuningdek, 18-dekabr kuni soat 18:04 da Andijon viloyati Ulugʻnor tumani hududida harakatlanib ketayotgan MAN rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl yuzidagi beton toʻsiqqa borib urilgan. Toʻqnashuv oqibatida mashinada yongʻin chiqqan.

Viloyat FVB xodimlari hodisa yuzasidan berilgan xabarga koʻra, voqea joyiga soat 18:08 da yetib borib, 18:14 da alangani batamom oʻchirgan.

Yongʻin oqibatida avtomobilning salon qismi yonib zararlangan. Hodisa tufayli tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.

Shuningdek, bugunni o‘zida soat 11:51 da, Toshkent shahar Sergeli tumani, Yangi Sergeli va Qipchoq koʻchalari charrahasida avtobusda, yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat soat 11:55 da hodisa joyiga etib borib, yongʻin soat 11:57 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Samarqanddagi maktablardan birida o‘quvchi qizlar mushtlashishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda o‘quvchi qiz rashk tufayli dugonasiga shafqatsiz jazo berdi” sarlavhali videolar tez suratda tarqalmoqda.

Xabarlarda aytilishicha, 16 yoshli qiz dugonasiga hujum qilib, yerga yotqizib shafqatsizlar kaltaklagani aytilmoqda. Sochidan tortib, yigiti bilan yozishmalari uchun “jazolayotgan” qizni yigit “juda qattiq urmaslikni” iltimos qilib, xotirjam chetdan kuzatib turgani aks etgan videoda. E’tiborli jihati yo‘lovchilar yordam berish o‘rniga bu “jang”ga e’tiborsizlik bilan o’tib ketishmoqda yoki telefon orqali videoga olishmoqda.

Holat yuzasida rasmiylar munosabati hali e’lon qilinmadi.

Toshkent viloyatida 160 mln so‘mlik tibbiyot buyumlarining noqonuniy savdosi to‘xtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Zangiota tumani “Eshonguzar” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki fuqaro 131 579 dona tibbiyot qo‘lqopi, 145 736 dona shpris va 30 600 dona sistema tibbiyot buyumlarini jami 160 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Namanganda maktab direktori qimor ustida qo‘lga olingan

Chortoq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘ynayotgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Bu haqda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun direktor tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat