$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 18-dekabr voqealari

Qora 18-dekabr

 Farg‘onadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash yuzasidan 5 kishi hibsga olindi

Farg‘onaning Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash va yong‘in oqibatida to‘rt kishi vafot etdi.

Avvalroq bir fuqaro voqea joyida halok bo‘lgani, hududning bir necha aholisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Voqea yuzasidan viloyat IIB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalarini buzish) va 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzaxda Amerika orzusi va zahri qotilni sotgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko’ra, Jizzax shahar “Alisher Navoiy” MFY da fuqaro o’zga bir shaxsni ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJ rahbari va uning sheriklari Pastdarg‘om tumani, “Yangiobod” MFY hududidagi savdo do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 825 dona alkogol va 436 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari ortmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, mas’ullar tomonidan joylarda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar fuqarolar tomonidan tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib olish holatlari aniqlangan.

Xususan Yangi Namangan tumanida fuqaro elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 245,6 mln. so‘mlik, Toyloq tumanida g‘isht ishlab chiqarish sexida o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 186,1 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro tomonidan Oltiariqda 141,4 mln. so‘mlik, Uzun tumanida esa umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 101,9 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Qariyb 4 tonna benzinni ulgurji sotib yuborgan firmaga nisbatan chora ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,8 tonna Ai-80 markali avtobenzin belgilangan – “O.O.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga olib borilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, shuningdek, bu kabi holat Farg‘ona viloyatidagi “M.P.O.” MChJga qarashli AYoQShda ham kuzatilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqandda piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

18-dekabr kun soat 07:30 larda Samarqand shahar, “Damariq” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Narpay yo‘li” ko‘chasida avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot yetgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat