$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 17-dekabr voqealari

Qora 17-dekabr

Samarqandda noqonuniy mayning ferma tashkil qilgan shaxs ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Qaraquyli” mahallasida joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Yo. jamiyat binosining yer to‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1,8 mlrd. so‘mlik 2 mln. kVt.soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holatlar yuzasidan X.Yo.ga nisbatan JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Toshkentda fuqaro ko‘p qavatli uyning podvalini noqonuniy tarzda tungi klubga aylantirmoqchi bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro noqonuniy ravishda podvalni egallab olib, ichki devorlarini buzib, u yerda tungi klub qurishni boshlagan. Bu haqida O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari reyd davomida podvalni ruxsat hujjatlarisiz o‘zlashtirgan shaxsni aniqlagan. U shu ko‘p qavatli uyning o‘zida yashovchi uy egasi bo‘lib chiqqan.

Qoidabuzar ba’zi beton tayanchlarni buzishga, alohida kirish eshigini ochishga va zinapoya o‘rnatishga ulgurib qolgan. Bunday harakatlar butun bino mustahkamligiga jiddiy zarar yetkazadi.

Podvalning noqonuniy qayta qurilishi haqida qo‘shnilar shikoyat qilgan. Natijada erkakka qurilish inspeksiyasi tomonidan podvalni avvalgi holatiga qaytarish haqida ko‘rsatma berilgan. Hozirda qoidabuzar, yirik miqdorda jarima to‘lamoqda va podvaldagi barcha o‘zgartirishlarni bartaraf etmoqda.

Toshkent viloyatida kelin-kuyov noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida yangi turmush qurganlar to‘yining ertasiga is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, 15-dekabr kuni Piskent tumanidagi Birlik mahallasida birga yashagan 1995-yilda tug‘ilgan erkak va 1997-yilda tug‘ilgan ayol vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruv doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Uning dastlabki xulosasiga ko‘ra, o‘limga noma’lum modda bilan zaharlanish, ichki organlarning venoz to‘laqonligi, shuningdek, miya va o‘pka shishishi sabab bo‘lgan.

Qo‘qonda talaba qiz o‘zini yotoqxonaning 3-qavatidan tashlab yubordi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, hodisa 13-dekabr kuni soat 01:20 larda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 3-sonli talaba turar joyi binosida sodir bo‘lgan.

Institutning 2005-yilda tug‘ilgan 3-bosqich talabasi o‘z joniga suiqasd qilib, binoning 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborgan.

Hodisa natijasida, talaba qiz tan jarohati olib, Qo‘qon shahar markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Nukusda 2,5 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nukus tumanida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “N.A.” MChJga ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan koʻmir oʻlchovdan oʻtkazilganida, MChJ masʼul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd soʻmlik jami 2 514 tonna koʻmirni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi, Namangan viloyatida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan koʻmir yetkazib beruvchi “O.D.” MChJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln soʻmlik 609,9 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilgani fosh etilgan.

Теги :
Jamiyat