$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 16-dekabr voqealari

Qora 16-dekabr

 Temiryo‘lga tiqilib qolgan Damasni poyezd urib yubordi

Toshkent viloyatidagi Dalaguzar—Nazarbek temiryo‘l kesishmasida Damasni poyezd urib yubordi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xabariga ko‘ra, voqea 15-dekabr kuni sodir bo‘lgan.

Damas haydovchisi taqiqlovchi belgilarga e’tibor bermay, noqulay ob-havo sharoitida temiryo‘lni kesib o‘tishga harakat qilganida avtomashina temiryo‘llarga tiqilib qolgan.

Avtoulov egasi va boshqa haydovchilari mashinani temiryo‘ldan chiqarishga harakat qilgan, ammo buning iloji bo‘lmagan.

Yuk poyezdi mashinisti relsda tiqilib qolgan mashinani ko‘rib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan. Biroq yuk poyezdining tormoz masofasi uzoq bo‘lgani uchun to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan.

Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan.

Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Qo‘shtepa tumanida “Qiyqi” MFYda harakatlanib kelayotgan “Nexia-2” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 80,3 mln so‘mlik jami 2 296 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Qo‘shtepa tumanida sotish uchun olib kelayotganligi aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Maktab direktorining oʻrinbosari oʻquvchini kaltakladi

Aniqlanishicha, holat joriy yil 20-noyabr kuni boʻlib, Narpay tumani 6-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi A.X (2010-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) dars vaqtida oʻquv qurollari qolib ketganligi va ularni olib kelish maqsadida mazkur maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sh.M (1991-yilda tugʻilgan, ayol) dan ruxsat soʻragan.

 Oʻqituvchi ruxsat bermaganligi sababli oʻzaro janjal yuzaga kelib, Sh.M. voyaga yetmagan A.X. ni urishib, uni yuz qismiga urgan va sinfdan chiqarib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.X ga nisbatan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Oʻz kasbiy vazifasiga zid bunday harakati uchun oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari M.Sh ga MMTB tomonidan “Xayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanildi.

Xorijdan jangovar o‘q-patron olib kirishga uringan shaxslar ushlandi

Buxoro viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qo‘shni davlatdan jangovar o‘q-patron olib kirishga uringan shaxslar qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, “Olot” chegara bojxona postiga tranzit yo‘nalishda harakatlanayotgan yengil avtomashinalar tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomashinasi kirib kelgan. Bojxona xizmati xodimlari belgilangan tartibda yuk avtomashinasini bojxona nazorati ko‘rigidan o‘tkazishi ishorasini ko‘rsatishgan. Biroq, uning ortidan kelgan yengil avtomashinalardan birining haydovchisi hamda sheriklarining o‘zini tutishi, besaranjom harakati xodimlar e’tiborini oshirgan. Yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigini o‘tkazilgan. Uning ortidan izma-iz ko‘rikdan o‘tgan yengil avtomashina orqa o‘rindig‘i ostidan esa 7 dona jangovar o‘q-patronlar topilgan.

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan xabariga ko’ra, Marhamat va Buloqboshi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro Buloqboshi tumani “Guliston” MFY hududida fuqaro Sh.E.ga 3 100 AQSH dollarini 39,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 5 250 AQSH dollari, 94 850 Rossiya rubli, 1 000 Qirg‘iz somi va 50 Yevro ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat