$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 15-dekabr voqealari

Qora 15-dekabr

Sifatsiz neft mahsulotlari sotilish holati aniqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Marhamat tumanidagi “M.A.O” MChJ va Qo'rg'ontepa tumanidagi “B.Q” MCHJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

15-dekabr kuni soat 10:30 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidashi Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan. Qashqadaryo viloyati YHXBning ma’lum qilishicha, dovonda transport vositalarining harakati 12:40 dan boshlab davom etmoqda. YHXB ob-havo sharoitini inobatga olgan holda dovonda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati cheklanishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Toshkentda avtomobil ustiga daraxt quladi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Mirobod tumani 2-sektor hududiga kiruvchi “Sharof Rashidov” mahallasida daraxt quladi, deb yozmoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

“Sektor rahbari ko‘rsatmasiga binoan mazkur holatni bartaraf etish uchun avariya brigadasi hodisa joyiga chiqib, avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan”, – deyiladi xabarda.

Hokimlik fuqarolarni noqulay ob-havo sharoiti tufayli mahallalarda daraxtlarning qulashi yoki daraxt shoxlarining sinishi, elektr simlarining uzilishi va hatto ustunlarning qulashi holatlari kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Moskva-Samarqand reysi qalin tuman sababli Toshkentga yo‘naltirildi

Samarqanddagi noqulay ob-havo sabab Ural Airlines aviakompaniyasining ikkita reysi Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻnishga majbur boʻldi.

Ma’lum qilinishicha, U6-2771 Moskva – Samarqand (Airbus A321-211, RA-73793) va U6-2871 Yekaterinburg – Samarqand (Airbus A320-214, RA-73809) reyslari kuchli qor yogʻishi, koʻrish yomonlashgani va uchish-qoʻnish yoʻlagining sirpanchiqligi tufayli oʻz manzilini oʻzgartirdi.

Ai-80 benzinini sotmay saqlab turgan AYoQShlarga chora ko‘rildi

Ayni kunlarda hududlarda AI-80-markali avtobenzinga talab oshishi natijasida ko‘plab AYoQShlarda navbatlar ko‘paymoqda.

Mazkur holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYoQShlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatidagi “N.P.”, “N. O.”, “L.G.”, “S.O.” va “Sh.A.O.” MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan AI-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shaxobchalarga yo‘naltirish kabi holatlar aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Теги :
Jamiyat