$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 14-dekabr voqealari

Qora 14-dekabr

 Hazorasp tumanidagi kiyim-kechak do‘konlariga o‘t ketdi

Bugun, 14-dekabr kuni soat 03:03 da Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, “Bog‘dor” MFY, E.Gayazov ko‘chasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:50 da o‘rab olingan va soat  05:00 da bartaraf etildi, deyiladi FVV xabarida.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Toshkentda o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab qo‘ydi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanida o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirgani haqidagi xabar tarqaldi.

Xabarga ko’ra, joriy yilning 13-dekabr kuni Toshkent Uchtepa tumanida do‘pposlagan o‘g‘li ruhiy hayajon holatda oshxona pichog‘i bilan otasini qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohat yetkazgan. Otasi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan JKning 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Toshkentda 200 mingtalik pul yasagan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlagan shaxslar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ijtimoiy sohada korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, Chilonzor tumani bo‘limi va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.A. fuqaro J.X.ga 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln so‘m qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning «Monza» rusumli avtomashinasidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming so‘mlik milliy valyuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qog‘ozlar, chizg‘ich, qaychi va kanselyariya pichog‘i hamda fuqarolar D.T. va J.Z.dan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiriladi

Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Yaqin haftalar davomida magistral yo‘llarga tuman tushib, kuchli qor yog‘ishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

“Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlaringizni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Yer maydonlari olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.Yo.” MCHJ rahbari X.M. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, MCHJga Ulug‘nor tumani “Kichik sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 40 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 100 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Nurota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Nurotatumangaz” bo‘limi sobiq rahbari Sh.I. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, unga gaz ta’minoti bo‘limi hududidagi 3 sotix yer maydonini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 79 mln. so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. 

Теги :
Jamiyat