$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-dekabr voqealari

Qora 13-dekabr

O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelmoqda

Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

15-dekabrda va 16-dekabrga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

15-dekabrdan havo harorati pasayib, 16-17-dekabr kunlari kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Navoiyda gaz quvuridagi avariya oqibatida minglab aholi gazsiz qoldi

Navoiy viloyatida avtomashina haydovchisi o‘rta bosimli gaz quvuriga urilishi ortidan Qiziltepa tumanidagi “Tavois” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1800 xonadon gazsiz qoldi, deb xabar bermoqda “Xududgazta’minot” kompaniyasi matbuot xizmati.

Baxtsiz hodisa 12-dekabr kuni soat 22:20 da sodir bo‘lgan. Mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari allaqachon boshlangan, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi. Ish tugaganligi to’g’risida iste’molchilarga qo’shimcha ma’lumot beriladi.

Sergeli tumanida ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi

Bugun 13-dekabr kuni soat 16:12 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida, yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 16:19 da yetib borib, yong‘in qurshab olinib, yong‘in soat 16:32 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.D.” MCHJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy MTM binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 1 mlrd. 83 mln. so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.S.”, “O.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 439,1 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat