$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 9-noyabr voqealari

Qora 9-noyabr

Samarqand viloyatida bir oila konservadan zaharlandi: bola vafot etdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi konservadan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda “Zamon” dasturi.

Ularga botulizm tashxisi qo‘yilgan. Oilaning kenja farzandi shifoxonada vafot etgan.

Pastdarg‘om tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori bola boshqa kasallikdan vafot etganini aytdi. Onasi o‘sha kuni u konserva yemagani va bola epilepsiya bilan og‘riganini aytdi.

Shu bilan birga, tuman Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xodimi bolaning o‘limiga ham zaharlanish sabab bo‘lganini, yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari noto‘g‘ri tashxis qo‘yganini ta’kidlamoqda.

Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi 8 yilga qamaldi

Chuvashiyaning Ibresi tumani sudi 32 yoshli Oʻzbekiston fuqarosini yirik miqdorda narkotik moddalarni saqlash va sotishga urinishda aybdor deb topib, 8 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda Chuvashiya Respublikasi prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sud maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilning 23 iyulida sudlanuvchi Moskva viloyatidan bir kilogrammdan ortiq sintetik narkotik moddalarni olib, Ulyanovsk viloyatiga yetkazishni rejalashtirgan. Ammo Ibresi tumani hududidagi M-12 yoʻlida uning Volkswagen Polo avtomobili politsiya tomonidan toʻxtatilib, unda saqlangan narkotiklar musodara qilindi.

Sud Oʻzbekiston fuqarosini noqonuniy ravishda narkotik moddalarni saqlash va sotishga urinishda aybdor deb topdi va uni qattiq rejimli koloniyada 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

O‘qituvchi darsga tayyorlamagani uchun o‘quvchini kaltaklagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida “O‘qituvchi darsga tayyorlamagani uchun o‘quvchini kaltaklagan” sarlavhasi bilan video tarqamoqda.

Xabarlarda aytilishi, voqea Chilonzor tumani, Siraziddinov nomidagi litseyda sodir bo‘lgan. O’qituvchining tushuntirishicha, u “o’rganishga bo’lgan qiziqishni tiklash” uchun o’quvchiga faqat yengil “tekkan” va zarar yetkazish niyatida bo’lmagan.

Holat yuzasidan hozircha mas’ul tashkilotlar ma’lumot bermagan.

600 AQShga soxta “prava” tayyorlab bergan shaxs qo’lga olindi

Soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko’ra, Bulung‘ur tumanida “G.H.” avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSh dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlanib, G‘.Q. tomonidan 100 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vataparvar” tashkilotining tuman bo‘limi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun o‘quv kursida o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Imtiyozli kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari O.X. “V.” fermer xo‘jaligi rahbari B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan 163 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “V.” fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.I. va boshqalar fuqaro S.M.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banki filialidan 100 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini va’da qilib, uning turmush o‘rtog‘i YaTT G.M.ning nomiga 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni “R.N.” MChJ orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.

 

Теги :
Jamiyat