$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 27-noyabr voqealari

Qora 27-noyabr

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan.

Qurilish maydonida ishlayotganda u tomdan yiqilib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchida himoya vositalari bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurilish jarayonida sug‘urta tizimi ham qo‘llanmagan.

2,1 mlrd. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "metan zapravka" aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Y.ADJD.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida kompleks o‘lchov quvuriga o‘rnatilgan toraytirish moslamasi davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd. 197 mln so‘mlik (845,1 mln. metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bankomatdan qalbaki pul “maydalagan” shaxs ushlandi

Ular qalbaki 1 400 AQSh dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olishgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan "Ipak Yo‘li" AITB Chilonzor filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.T. (muqaddam sudlangan), N.O., va A.Sh. ushbu bank filialiga tegishli bankomatdan jami 28 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni milliy valyuta so‘mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Namanganda “JAC” yonib ketdi

26 noyabr, seshanba kuni Namangan viloyati Pop tumani Istiqlol mahallasida harakatlanib ketayotgan 49 yoshli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan 2024 yilda ishlab chiqarilgan “JAC” rusumli avtomobil yonib ketdi.

Tuman FVBning yong‘in qutqaruv ekipaji voqea joyiga o‘z vaqtida yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Hodisada jabrlanganlar yo‘q.

“Qizil kitob”dagi 3 bosh Buxoro bug‘usi o‘ldirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan 3 bosh Buxoro bug‘usi ovlanganligi aniqlandi. Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida bitta erkak va ikkita urg‘ochi bug‘ular ov miltig‘i bilan o‘ldirilganligi maʼlum bo‘ldi. Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltig‘i o‘q dorisining plastik bo‘laklari, qonga o‘xshash qizil dog‘lar va ov miltig‘i topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd. 375 mln. so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas olib chiqildi

Kecha, 26-noyabr kuni 20:30 da Fargʻona viloyati, Qo'shtepa tumani, "Xumdon" MFY hududidan oqib o'tuvchi "Janubiy Fargʻona" kanaliga "DAMAS" rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi haqida FVBga xabar tushgan.

FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi. Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar yo‘lovchi boʻlgan. Haydovchi va ikki nafar yo‘lovchi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.

Noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilganlar qo‘lga olindi

IIV hamda DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlarda Toshkent viloyatida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar aniqlandi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2007-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirganliklari aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Теги :
Jamiyat