$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 26-noyabr voqealari

Qora 26-noyabr

Samarqandda yuk mashinasi qisqa tutashuv tufayli yonib ketdi

25-noyabr kuni soat 18:00lar atrofida Kattaqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi 4R-46 avtomobil yoʻlining “GAZ-53” rusumli yuk transport vositasi harakatlanib kelayotib, motor qismida qisqa tutashuv sabab yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqida Samarqand viloyati IIB xabar bermoqda.

Oqibatda yongʻin zudlik bilan tuman FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

Holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Lacetti va Skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 24-noyabr kuni soat 01:10 atrofida Chilonzor tumani KHAY-Qatortol ko‘chalari kesishmasida haydovchi 1971-yilda tug‘ilgan D. J. boshqaruvidagi “Lacetti” avtomashinasi va 2004-yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Skuter transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu YTH natijasida Skuter haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Fribgarlikda ayblanayotgan o’zbekistonlik shaxs Turkiyada ushlandi

Turkiya va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanibgan O’zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan.

IIV tomonidan 2021-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan B.R.V. ushlanib, Toshkent shahriga deportatsiya qilingan. Uning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.

Temir yo‘l yoqasini o‘zlashtirgan shaxs qilmishidan pushaymon bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashaydigan Gulmira Jo‘rayeva o‘z hovlisini o‘zboshimchalik bilan kengaytirib, temir yo‘l yoqasiga juda yaqin masofada devor ko‘taradi. Kadastr hujjatlarida ruxsat etilmagan joyning 43 kvadrat-metr maydonida omborxona qurib oladi.

G‘ayriqonuniy bu holat yuzasidan sud organlarining ijro hujjati MIB Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilingach, tegishli harakatlar olib borildi. Noqonuniy qurib olingan omborxona va uzunligi 27 metr bo‘lgan devorni ixtiyoriy buzib olish uchun G. Jo‘rayevaga Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi talabnoma berdi. Biroq, temir yo‘lga juda yaqin hududni qonunga zid egallab olgan qarzdor sud hujjati va MIB talabnomasiga bee’tibor munosabatda bo‘ldi. U sud hujjati talablarini ixtiyoriy bajarmagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida ijro yig‘imi va ma’muriy jarima chorasi qo‘llanildi.

Temir yo‘l yoqasida qad tiklagan inshootni majburiy tartibda buzish chorasi ko‘rildi. Davlat ijrochisi D. Nazarov majburiy ijro harakatini tayinlagach, noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi.

– Shundan so‘ng yerga oid qonunchilikni buzgan fuqaro o‘z qilmishining noto‘g‘ri ekanini tushunib, xatosini anglab yetdi, – deydi MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi Qobiljon Tursunov. – O‘zboshimchalik bilan qilgan bu ishidan pushaymonligini bildirdi. Temir yo‘l yoqasi qayta tartibga keltirilib, poyezdlar qatnovi uchun xavfsiz hududga aylantirildi.

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi paytlarda Turkiyada soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar tarqalish holatlari kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, valyutani sotib olishda, qabul qilishda diqqatli bo‘ling va quyidagilarga eʼtibor bering:

- dollarni faqat bank yoki litsenziyali valyuta ayirboshlash joylarida qabul qiling;

- ayniqsa, katta miqdordagi dollarni qabul qilganingizda, tekshiruv uskunalaridan foydalaning;

- qo‘lma-qo‘l pul ayirboshlashdan saqlaning.

Qonunchilik va huquqiy maslahatlar:

- soxta kupyuralarni qabul qilish yoki tarqatish qasddan amalga oshirilsa, Turkiya qonunchiligida og‘ir jazo belgilangan;

- agar shubhali kupyuralarga duch kelsangiz, zudlik bilan mahalliy politsiya yoki konsulxonaga murojaat qiling, deyiladi Bosh konsulxona xabarida. 

Nexia gaz quviriga urilishi natijasida minglab xonadonlar gazsiz qoldi

26-noyabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Niyozbosh” MFYga yo‘nalgan o‘rta bosimli gaz quvuriga avtomobil urilishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.

Natijada tumanning “Namuna”, “Niyozbosh”, “Farovon”, “Guliston”, “Binokor”, “Gulbog‘” va “Paxta” MFYlaridagi 4640 ta xonadon va 22 ta ulgurji iste’molchilarida 13:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Теги :
Jamiyat